ⓘ Xojalik shartnomasi - tadbirkorlik faoliyati subyektlari ortasida tuziladigan fuqarolikhuquqiy shartnoma. Bunda taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirk ..

                                     

ⓘ Xojalik shartnomasi

Xojalik shartnomasi - tadbirkorlik faoliyati subyektlari ortasida tuziladigan fuqarolikhuquqiy shartnoma. Bunda taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorligi faoliyati sohasida tovarlarni berish ishlarini bajarish yoki xizmatlar korsatish, 2taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini tolash majburiyatini oladi. Xojalik shartnomasi sohasidagi huquqiy munosabatlar "Xojalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviyhuquqiy bazasi togrisida" Ozbekiston Respublikasining qonuniga asoslanadi. Qonun Xojalik shartnomasiga qoyiladigan talablar, Xojalik shartnomasini tuzish, bajarish, ozgartirish va bekor kilish tartibi, Xojalik shartnomasi boyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan takdirda javobgarlik asoslari, shartnoma yuzasidan talabnoma va davo keltirish tartibi, shuningdek, iqtisodiy munosabatlarda shartnomaviyhuquqiy faoliyatini amalga oshirishda davlat boshqaruv organlarining vakolat doirasini belgilab bergan. Xojalik shartnomasi ga qoyiladigan talablardan biri uning huquqiy ekspertizadan otkazilishi, yani uning qonun hujjatlariga muvofikligi tekshirib korilgan bolishidir. Xojalik shartnomasi qonunda belgilangan eng kam ish haqining 200 barobaridan ortiq summaga tuzilgan takdirda xojalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasi kerak boladi. Qonunda bu qoidaning belgilanishi istemolchilar huquqlarini himoya qilish, jamiyat manfaatlarini, shuningdek, atrof muhitni muhofaza etish bilan bogliqdir. Xojalik shartnomasi fuqaro qonunchiligidagi shartnomalar tuzishning umumiy qoidalariga muvofiq tarzda, yozma shakdda tuziladi. Xojalik shartnomalarini mazmun va mohiyatiga kora, quyidagicha tizimlashtirish mumkin: molmulkka nisbatan egalik xuquqini otkazishga; molmulkka nisbatan foydalanish huquqini topshirishga; muayyan ishni bajarishga; xizmat korsatishga qaratilgan shartnomalar. Molmulkka nisbatan egalik huquqini otkazishga qaratilgan shartnomalar ning asosiy xususiyati tovarga bolgan egalik huquqining bir shaxsdan 2shaxsga otishi bilan xarakterlanadi. Bu shartnomalarga oldisotdi, mahsulot yetkazib berish, qishloq xojaligi mahsulotlarini kontraktatsiya, ayirboshlash kabi shartnomalarni kiritish mumkin. Molmulkka nisbatan foydalanish huquqini topshirishga qaratilgan shartnomalarga mulk ijarasi, prokat shartnomasi, transport vositalari ijarasi, binolar va inshootlar, uyjoy ijarasi, korxonani ijaraga berish, lizing, tekin foydalanish shartnomasi kabilarni kiritish mumkin. Bu shartnomalar bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk egasining oz mulkidan unumli foydalanish imkoniyatini berish bilan birga, bosh, foydalanilmay yotgan mulkni katta daromad manbaiga ham aylantiradi. Oz navbatida, xojalik faoliyatini amalga oshirish uchun ozining molmulkiga ega bolmagan shaxsning bunday mulkni boshqa shaxsdan vaqtincha foydalanish uchun olib, bu orqali ozining shu mulkka bolgan ehtiyojini qondirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Muayyan ishni bajarishga qaratilgan shartnomalar boshqa shartnomalardan ozining tartibga solinishi asosi bilan farq qiladi. Bunda ishlarni bajarish majburiyatlari xojaliklar ortasidagi munosabatlardan vujudga keladi. Bu munosabatlar asosida maxsus bilim va malaka talab etilgan ishlarga bolgan ehtiyoj yotadi. Mas, korxonalarni qurishni loyihalashtirish, qurish, tamirlash uchun maxsus bilim va malakaga ega bolgan yoki bu ishlarni amalga oshirishga ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishni taqozo etadi. Bu munosabatlar muayyan ishni bajarishga qaratilgan pudrat, qurilish pudrati, i.t. va konstruktorlik, loyihalash, qidiruv, texnologik ishlarni amalga oshirishga qaratilgan shartnomalar vositasida tartibga solinadi. Xizmat korsatishga qaratilgan shartnomalar boshqa shartnomalardan faqat xizmat korsatishga doir majburiyatlar orqali amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Bozor iqgisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatida xizmat korsatish munosabatlariga bolgan ehtiyoj ortib boradi va uning yangiyangi korinishlari vujudga keladi. Bu shartnomalarning xarakterli xususiyati shundaki, bunda moddiy nemat yaratilmaydi, balki ashyoviy shaklda bolmagan xizmat bajariladi. Bu shartnomalar jumlasiga ssuda, kelishish, yuk tashish, haq baravariga xizmat korsatish kabi shartnomalarni kiritish mumkin. Xojalik shartnomasining qonun talablari darajasida tuzilishi, bajarilishi, shartnoma intizomiga rioya qilinishi xojalik yurituvchi subyektlar ortasidagi munosabatlarning barqarorlashishi, iqtisodiyot rivojlanishining muhim vositalaridan biridir.

Xurshida Burxonxujayeva.