ⓘ Chavgon. Qad. Sharqda chavgon chorvadorlar oyini sifatida paydo bolgan. Keyinroq otliq askarlarning mashgulotiga aylangan. Sharq xalqlari chavgon topini goy, eg ..

                                     

ⓘ Chavgon

Qad. Sharqda chavgon chorvadorlar oyini sifatida paydo bolgan. Keyinroq otliq askarlarning mashgulotiga aylangan. Sharq xalqlari chavgon topini "goy", egri tayogini "chavgon" deyishgan. Shu bois bu oyin "goychavgon" deb ham atalgan. Bu tarixiy qolyozmalarda oz ifodasini topgan. Mahmud Qoshgariyning "Devonu lugotit turk", Yusuf Xos Hojibning "Qutadgu bilig", Abdurazzoq Samarqandiyning "Majlai sadayn va majmai bahrayn", Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari va boshqa manbalarda chavgon oyiniga oid qimmatli malumotlar bor. Ayniqsa, Abdulqosim Firdavsiyning "Shohnoma", Unsur al-Maoliyning "Qobusnoma" asarlarida chavgon oyini mufassal berilgan. 16-asr miniatyura maktabiga mansub nomalum musavvirning "Chavgon oyini" asarida bu oyinning qizgin lahzasi tasvirlangan. Abu Abdulloh Rudakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy chavgon oyinidan ilhomlanishgan va ajib oxshatishlar yaratishgan. Bu anana Sharq adabiyotida hamon davom etib keladi. Yozuvchi Primqul Qodirovning "Humoyun va Akbar" tarixiy romani boburiy malikalarning chavgon oyiniga tayyorgarligini tasvirlashdan boshlanadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, chavgon oyini aynan boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng ommalashgan.

1850 yilda Hindistonda xizmat qilayotgan ingliz otliq askarlari chavgon oyiniga qiziqib qolishgan va dastlabki musobaqalarni otkazishgan. 1871 yilda Buyuk Britaniyada chavgon polo musobaqasi tashkil qilingan. Shu tariqa chavgon oldin Yevropa, keyin Amerika davlatlariga tarqalgan. 1900, 1904, 1920, 1924 va 1936 yillarda bolgan olimpiada oyinlari dasturidan ham joy olgan.

                                     

1. Tavsifi

Zamonaviy chavgon oyini hozirda koplab davlatlarda "polo" deb ataladi maydonning olchami 274x182 m, yogochdan tayyorlanadigan topining diametri 8 sm, ogirligi 120 - 135 g, ikki yondagi darvozalarining eni 8 m dan, oyin vaqti 56 min. 7 min.dan 8 bolim. Musobaqalashayotgan ikki jamoadagi 4 tadan otliq oyinchi qollaridagi uchi egri tayoq klyushka yordamida topni raqib darvozasiga kiritishga harakat qiladi. Oyinchilarga uchrashuv davomida otlarini ozgartirishlariga ruxsat etiladi.

Hozirgi kunda chavgon oyini Ozarbayjon, Fransiya, Argentina, AQSH, Meksika, Buyuk Britaniya, Italiya davlatlarida rivojlangan.