ⓘ Chad tillari - som-hom tillari makrooilasining bir tarmogi; Markaziy va Garbiy Sudanda, Chad koli atrofidagi mintaqa - Shim. Nigeriya, Shim. Kamerun hamda Chad ..

                                     

ⓘ Chad tillari

Chad tillari - som-hom tillari makrooilasining bir tarmogi; Markaziy va Garbiy Sudanda, Chad koli atrofidagi mintaqa - Shim. Nigeriya, Shim. Kamerun hamda Chad Respublikasi hududlarida tarqalgan. 150 dan ortiq tillarni, lahja guruxlarini qamrab oladi. Tarmoqdagi eng yirik hisoblangan xausa ning azaliy qollanish hududi Nigerning jan.sharqiy qismlarini ham oz ichiga oladi. "Xausa xalqining kochib yurishi va savdosotiqning tobora kengayishi natijasida xausa tili Gana, Togo, Benin respublikalarining shim. kismlari va Afrikaning boshqa koplab mamlakatlarida ham tarqalgan. Otgan asrning 90- yillari ortalaridagi malumotlarga kora, Chad tillarida 35 - 40 mln.dan ortiqroq kishi sozlashadi.

CH.t. 3 ta asosiy guruhga bolinadi: garbiy chad tillari, oz navbatida, xausa, angas, ron, boletangle, shim. bauchi, jan. bauchi, bade guruhchalari 7 taga ajraladi; markaziy chad tillari, oz navbatida, tera, buramargi, xigi, bata, xidkala, mandara, sutur, makakam, daba, giler, kotoko, muzgu, masa guruxlari 13 taga ajraladi; sharqiy chad tillari, oz navbatida, kera, nanchere, samray, sokoro, dangra, mokulu, mubu guruxchalari 7 taga ajraladi.

CH.t.ning fonologik tizimida undoshlarning 3 turi - jarangli, jarangeiz va emfatik turlari farqlanadi. Unlilarning choziqlik - qisqalik boyicha qaramaqarshiligi keng tarqalgan. Barcha Chad tillari ham leksik, ham grammatik manoli fonologik ton ohanglarga ega. Morfologiyasida fel tizimi boshqa somhom tillariga nisbatan bir qancha oziga xosliklarga ega, olmoshlarning aloxida suz va qoshimcha kurinishidagi turlari mavjud.

CH.t. orasida xausa tiligina rivojlangan yozuv ananalariga ega qarang "Xausa; boshqa tillar uz yozuviga ega emas. Eng kop organilgani ham xausa tilidir 19-asr ortalaridan. Otgan asrning 70- yillaridan boshlab barcha Chad tillari tavsifiy va qiyosiytarixiy tadqiqotlar obyektiga aylandi.

Ad.:Dkonov N.M., Semitoxamitskiye yaziki, M., 1965; Porxomovskiy V.Ya., Chadskiye yaziki, v kn.: Sravnitelnoistoricheskoye izucheniye yazikov raznix semey. Zadachi i perspektivi, M., 1982.