ⓘ Chayon chaqishi - kishi hayoti uchun xavfli holat. Chayon chaqqan joyda kuchli ogriq seziladi, keyinchalik u qon tomirlari va nerv tolalari orqali butun tanaga ..

                                     

ⓘ Chayon chaqishi

Chayon chaqishi - kishi hayoti uchun xavfli holat. Chayon chaqqan joyda kuchli ogriq seziladi, keyinchalik u qon tomirlari va nerv tolalari orqali butun tanaga tarqaladi. Osha joy qizib, bazan "muzlab" jonsizlanadi, qichishadi, qizarib shishadi, goho unda pufakchalar paydo boladi; kishi holsizlanadi, boshi aylanadi va ogriydi, eti uvishadi. Ogirroq hollarda tomir tortishib, nafas olish, gapirish qiyinlashadi. Chayon chaqqan joyga nashatir spirti surtib, issiq qilish lozim, unga sarimsoq yoki piyozni ezib qoyish, margansovka eritmasi bilan vanna qilish ham mumkin. Chayon chaqqan kishida behollik alomatlari kuzatilsa, darhol vrachga murojaat etish zarur. Unga iloji boricha kop suyuqlik ichirish lozim. Chayon chaqishini oldini olish uchun chayon olja qidirib kirib qolishi mumkin bolgan poyabzal, kiyim va boshqalarni qoqib-suqib kiyish maqsadga muvofiqdir.