ⓘ Pyotr Ilich Chaykovskiy - rus kompozitori, yirik simfoniyachi, musiqiy dramaturg, dirijyor, pedagog. Peterburg konservatoriyasini tugatgan. Moskva konservatoriy ..

                                     

ⓘ Pyotr Ilich Chaykovskiy

Pyotr Ilich Chaykovskiy - rus kompozitori, yirik simfoniyachi, musiqiy dramaturg, dirijyor, pedagog. Peterburg konservatoriyasini tugatgan. Moskva konservatoriyasida prof. Rus musiqa jamiyati Moskva bolimining direktori. 1887 yildan Rossiya, shuningdek, Yevropa va AQShda gastrolda bolib, asosan, oz asarlariga dirijyorlik kilgan. Ch. chuqur milliy, xalqchil va demokratik uslubdagi opera, balet, simfonik va kamer asarlarning yuksak namunalarini yaratgan. Uning ijodi rus romansi, xalq qoshiqlari va romantizm davri ohanglariga asoslangan oziga xos musiqa uslubi bilan ajralib turadi. Ch. musiqasi nihoyatda tasirchanligi, ajoyib ohangdorligi, yorqin ifodaviy vositalari, joshqin, hayajonli kuylarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Ijodida ota nozik ruxjifl jarayonlar bilan birga kolami keng - muhabbat va taqdir, hayot va olim, tabiat kabi mavzular ozining yuksak badiiy ifodasini topgan. Ch. turli janrlarda boy ijodiy meros qoldirib, 10 opera, 3 balet, 6 simfoniya, simfonik fantaziya, uvertyura va syuitalar, 3 fortepiano va 1 skripka konsertlari, diniy mavzudagi xor asarlari, shuningdek, fortepiano, skripka uchun pyesalar hamda vokal musiqaning yetuk namunalarini yaratgan. Ayniqsa, 4 - 6 simfoniyalari, "Francheska da Rimini" va "Romeo va Julyegta" simfonik uvertyura - fantaziyalar, "Italyancha kaprichio", skripka va 1fortepiano konsertlari, "Yevgeniy Onegin", "Qarga motkasi", "Iolanta" operalari, "Oqqush koli", "Uyqudagi gozal", "Shchelkunchik" baletlari jahon simfonizma choqqilari hisoblanadi. Garmoniyadan rus tilida birinchi darelik muallifi. Chaykovskiyning barcha asarlari nashr etilgan. Votkinsk shahrida memorial muzeyi va Klin shahrida Ch. uy muzeyi bor. Moskva konservatoriyasi, 1958 yildan Moskvada otkaziladigan musiqa ijrochilari xalqaro tanlovi va boshqalarga Ch. nomi berilgan.