ⓘ Chakin Chor Bilga - 8 asr boshlarida Panch ni boshqargan turkiy hokim. Uning ismi Mug togidan topilgan 8-asrga taalluqli sugdiy xujjatlar orasida uchraydi. Tadq ..

                                     

ⓘ Chakin chor bilga

Chakin Chor Bilga - 8 asr boshlarida Panch ni boshqargan turkiy hokim.

Uning ismi Mug togidan topilgan 8-asrga taalluqli sugdiy xujjatlar orasida uchraydi. Tadqiqotchilar Chakin uning ismi bolib, turkiy chor unvoniga ega bolganligi, Bilga qad. turkcha "dono" sozi esa epiteta sifat bolganini takidlaydilar. Bu paytda Panjikent Turk xoqonligi tarkibiga kiruvchi Sugd konfederatsiyasiga taalluqdi bolib, Samarqanddan keyingi orinda turgan. Ch.Ch.B. tomondan zarb kiddirilgan tangalarda "Panch hukmdori podsho Bilga" jumlalari uchraydi. Panjikentda 7-asrning 1choragida, yani Devashtich hukmronligi davrida chiqarilgan tangalarda "Panch malikasi Nana" shaklida ayol hukmdorning ismi va unvoni aks etgan. Mazkur tangalardagi tamga shakli Ch.Ch. B.ga oid tangalardagi tamga bilan deyarli bir xil. O.I. Smirnova, bu yerda zarb qilingan tangalardagi belgilarga asoslanib, bir asrga yaqin xukm surgan Panjikent hukmdorlari sulolasining kelib chiqishini Sirdaryo Shosh vohasi atrofidagi turkiy hokim uruglardan birortasi bilan aloqador 3 bolsa kerak, deb yozadi.

                                     

1. Adabiyot

  • Smirnova O.I., Katalog monet s gorodisha Pendjikent, M, 1963;
  • Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar Bir turkum sugd xujjatlarining ozbek tiliga tarjimasi va izohlari, T., 1992.