ⓘ Chala tugilgan bola - homiladorlik muddati tugamay tugilgan bola. Vazni 1000 g dan 2500 g gacha, boyi 45 sm atrofida boladi. CH.t.b. normal rivojlangan bolsa ha ..

                                     

ⓘ Chala tugilgan bola

Chala tugilgan bola - homiladorlik muddati tugamay tugilgan bola. Vazni 1000 g dan 2500 g gacha, boyi 45 sm atrofida boladi.

CH.t.b. normal rivojlangan bolsa ham ozi mustaqil ema olmaydi, shuning uchun uni alohida parvarish qilish talab etiladi. Chala tugilgan bolab. hayotining dastlabki haftasida korsatiladigan samarali parvarish faqat kasalxonaning maxsus bolimlarida vrach nazorati ostida olib boriladi.

CH.t.b. korinishi, azo va sistemalarining rivojlanishiga kora normal tugilgan boladan ajralib turadi qarang Godak. Chala tugilgan bola. juda kop uxlaydi, yigisi zorga eshitiladi. Terisi yupqa, quruq, kopincha och pushti yoki qizgish bolib, bujmayib turadi. Tanasi mayin tuk bilan qoplangan, teri osti yog qatlami ancha zaif; oyogi tanasiga nisbatan kaltaga oxshab korinadi; boshi katta, quloq suprasi yumshoq, boshiga yopishganroq boladi.

Ichki azolari rivojlangan, lekin funksional jihatdan ancha zaif; yuqori nafas yollari nozik bolib; kokrak qafasi nafas olishsa kam qatnashadi. Nafas olishi tez va notekis, yuzaki, pulsi sust, qon yaratish sistemasi yaxshi rivojlanmagan. Medaichak sistemasi nomukammalligi sababli ich kelishi turgun bolmaydi kopincha yashil boladi. Buyrak funksiyalari ham sust rivojlangan; qiz bolalarda jinsiy teshik sal ochiq, ogil bolalarda esa moyak hali yorgoqqa tushmagan bolishi mumkin.

CH.t.b.ning nerv sistemasi ham funksional jihatdan yaxshi yetilmagan bolib, uning organizmi trani bir meyorda ushlab tura olmaydi tez qizib yoki sovib ketadi.

CH.t.b. jismoniy rivojlanishining hayotining birinchi yilida oziga xos xususiyati bor. Bunday bolalar vazni bir oyda normal tugilgan bolalarnikiga nisbatan juda kam, lekin normal tugilgan bolalarga qaraganda keyingi oylarda tez osib, vazni ham tez ortadi. Bola qancha kam vazn bilan tugilgan bolsa, vazni shunchalik tez ortadi.

CH.t.b. organizmning funksional jihatdan yetilmaganligi, unga, ayniqsa, birinchi oy davomida birmuncha qulay sharoit yaratib, yaxshilab parvarish qilishni taqozo etadi, uni tra, yoruglik, tovush va boshqa tasirotlardan saklash, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish zarur.

Vazni 2000 dan 2500 g gacha bolgan Chala tugilgan bolab.ga ahvoli va uy sharoitiga qarab vrach ruxsati bilan tugruqxonadan uyga javob beriladi. Vazni kam bolib tugilgan bola maxsus statsionar sharoitida parvarish qilinadi. Vazni 1500 g dan kam bolib tugilgan bolalar malum trali, havosi nam va kislorodi bor kamera - kuvezlart bokiladi. Bazan vazni toliq bolalar ham gavda trasini bir meyorda ushlay olmasa kuvezlarda parvarish qilinadi. Bolaning vazni 2500 g ga yetgandagina uyga javob beriladi.

Uy sharoitida Chala tugilgan bolab. yotgan xonaning trasi 25° bolishi lozim. Bolaning boshini balandroq qilib yotqizish kerak, siqib yorgaklash yaramaydi. Bolaga issiq yumshoq ich kiyim kiygizib, paxmoq adyolga orab qoyish maqsadga muvofiq qollarini ham. Boshiga qalpoqcha kiygizib, yuzi ochiq qoldiriladi. Agar godak tez sovib ketsa, uning atrofiga va oyogiga sochiqqa oralgan grelkalarni taxminan 10 sm yiroqroqqa qoyiladi suvining trasi 65° bolishi kerak. Bola isib ketsa, yuzi qizarib, gavda trasi kotarilib, bezovta bola boshlaydi. Bunda grelkalar sonini kamaytirish yoki hammasini olib qoyish, zarur bolsa, bir necha min.ga 1 - 2 sidra kiyimini yechish lozim. Agar u sovib ketsa, terisi oqarib, kokish tusga kiradi va muzdek boladi, bolaning ozi esa boshashib qoladi. Bunda uni issiq adyolga orash yoki issiq vannaga 36 - 37° solish 5 - 7 min va yana atrofiga issiq grelkalar qoyish lozim. Isib yoki sovib ketishning oldini olish uchun grelkadagi suv trasini termometr bilan teztez olchab turish kerak.

CH.t.b. faqat ona suti bilan boqilsa, yaxshi usadi va rivojlanadi. Ularda emish refleksi bazilarida yutish refleksi ham sust yoki umuman bolmaydi, dastlabki kunlari bola zond orqali kuniga 10 marta, keyinchalik sorgich orqali emiziladi, astasekin kokrakdan emishga orgatiladi.

CH.t.b. xuddi normal tugilgan bolalar kabi chomiltiriladi. Vazni 1500 g dan kam bolgan bolalarni tugilganidan 3 hafta keyin, vazni 1500 g dan ortiq bolalar esa tugilganidan 10 - 15 kun otgach chomiltiriladi.

Sof havoda sayr qildirish Chala tugilgan bola b.ning osishi va rivojlanishiga yaxshi tasir korsatadi. Bu muolaja vazni 2500 g dan ortiq bolalar uchun tavsiya etiladi. Qishda esa vazni 3000 g dan ortiq bolalarnigina ochiq havoda sayr qildirishga ruxsat beriladi. Pekin bunda juda ehtiyot bolish kerak.

Chala tugilishning oldini olishni homiladorlikka qadar boshlash, ayollar ozida mavjud kasalliklarini oz vaqtida davolatishlari, shaxeiy va jinsiy gigiyenaga qatiy rioya qilishlari zarur qarang Jinsiy hayot.

Homiladorlikning birinchi belgilari paydo bolishi bilan ayollar kerakli maslahatlar olish uchun vrachga korinishlari lozim qarang Homiladorlik. Homilador ayol togri ovqatlanishi, spirtli ichimliklar istemol qilmasligi, chekmasligi lozim. Homiladorlik toksikozlari paydo bolishi bilan vrachga murojaat etishi kerak.