ⓘ Chala tugish - homiladorlik muddati tugamay tugish. Bunda homila vaqtdan avval, chala tugiladi. Erkak urugidagi nuqsonlar, tuxumhujayraning tola rivojlanmaganli ..

                                     

ⓘ Chala tugish

Chala tugish - homiladorlik muddati tugamay tugish. Bunda homila vaqtdan avval, chala tugiladi. Erkak urugidagi nuqsonlar, tuxumhujayraning tola rivojlanmaganligi, irsiy omillar, erxotinning yaqin qarindosh bolishi, platsentanint bachadonga notogri birikib qolishi, homilaning teskari yotishi, ayol nerv va endokrin sistemasining buzilishi, homiladorlik toksikozlari, abort, kamqonlik, otkir va surunkali yuqumli kasalliklar, shuningdek, ichki jinsiy azolarning turli sabablar bilan yalliglanishi, ularda osma paydo bolishi, ayol jinsiy azolarining yetarli rivojlanmaganligi, ona bilan homila qon gruppalari va rezusfaktorning nomutanosibligi va boshqalar Chala tugish ga sabab boladi. Asabiyruhiy va jismoniy shikastlanishlar, ogir ish sharoiti, oiladagi notinchlik va boshqa noqulay tasirotlar vaqtdan avval tugishga olib keladi. Buyrak, jigar, yuraktomir, nerv kasalliklari bilan ogrigan ayollarda ham Chala tugish kuzatiladi. Bunda ona bilan homila ortasidagi qon aylanishi buziladi, homilaning kislorod bilan taminlanishi yomonlashadi va bu vaqtdan avval tugishga olib keladi. Chala tugish aksariyat juda yosh yoki yoshi 35 dan oshib birinchi marta tugayotgan ayollarda uchraydi. Davo Chala tugishga sabab bolgan asosiy kasallikka qarab belgilanadi. Chala tugish ehgimoli bolgan ayol homilador bolgunicha hamda homiladorlik davrida davolanishi lozim. Oldini olish Chala tugish sabablarini oz vaqtida aniqlash va uni davolash choratadbirlaridan iborat.