ⓘ Chambar gaz-kondensat koni - Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi kon. Muborak temir yol stansiyasidan 42 km shim.sharqda. 1980 yilda ochilgan, 1986 yildan foy ..

                                     

ⓘ Chambar gaz-kondensat koni

Chambar gaz-kondensat koni - Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi kon. Muborak temir yol stansiyasidan 42 km shim.sharqda. 1980 yilda ochilgan, 1986 yildan foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi kuchsiz tabaqalangan, zol qumlari bilan qoplangan chol tekisligidan iborat. Ch.g.k.k. Buxoro tektonik pogonasidagi Muborak kotarilmasining shim.garbiy qismida joylashgan. Ch.g.k.k.da qazilgan jami 4 ta burgi qudugida paleozoy erasi, yura, bur, paleogen, neogen va tortlamchi davr yotqiziklari ochilgan. Sanoat miqyosidagi gazlilik 13 va 12 gorizontlarda belgilangan. Gorizontlar qumtosh, alevrolit, gil, mergel va ohaktoshlardan tarkib topgan bolib, 886–1014 m va 917–1058 m chuqurliklarda ochilgan. Kondagi gaz metanli, quruq. Kondensat oltingugurtli, 1 m3 qatlam gazida 13 g kondensat mavjud. Benzin fraksiyalarining guruhiy uglevodorod tarkibiga kora, kondensat metannaftenaromatli tipga mansub. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda.