ⓘ Chandragupta - Qad. Hindistondagi Magadha davlati podshosi, Mauriyalar sulolasi asoschisi. Yoshligida nandlar saroyida xizmat qilgan, keyinchalik ular bilan tax ..

                                     

ⓘ Chandragupta

Chandragupta - Qad. Hindistondagi Magadha davlati podshosi, Mauriyalar sulolasi asoschisi. Yoshligida nandlar saroyida xizmat qilgan, keyinchalik ular bilan taxtga egalik qilish uchun kurash boshlagan, maglubiyatga uchrab mamlakatning shim.garbiga ketgan. U yerda Hindistonga bostirib kirgan Iskandar qoshiniga qoshilgan va uni nandlarga qarshi gijgijlagan. Aleksandr Hindistondan ketgach, Ch. yunonmakedoniyaliklarni mamlakatdan butunlay quvib chiqarish uchun boshlangan kurashga rahbarlik qilgan. Bunda ancha yutuqlarga erishgan Ch. Magadha uchun kurashni qayta boshlagan, Dxan Nanduni taxtdan agdarib hokimiyatni qolga olgan. Shim. Hindistonni tobe etib Mauriyalar imperiyasiga asos solgan. Miloddan avvalgi 305 yil Salavk I Nikator bosqinini qaytargan, u bilan tuzilgan sulhga kora, Ch. 500 ta fil evaziga Hind daryosi garbidagi katta hudud ni olgan va Salavkning qiziga uylangan. Ayrim malumotlarga kora, Ch. miloddan avvalgi 293 yil jaynizmni kabul kilib, toju taxtdan voz kechib rohiblikka ketgan.