ⓘ Changi sporti - qishki sport turi. Unga changi poygasi, tramplindan sakrash, ikki kurash, tog changi sporti va biatlon kiradi. Changi sporti Norvegiyada sport t ..

                                     

ⓘ Changi sporti

Changi sporti - qishki sport turi. Unga changi poygasi, tramplindan sakrash, ikki kurash, tog changi sporti va biatlon kiradi. Changi sporti Norvegiyada sport turi sifatida shakllandi. 1767 yilda shu mamlakatda harbiy xizmatchilar ortasida ilk musobaqa otkazildi, 1843 yildan esa ommaviy musobakalar tashkil kilina boshladi. KeyinroqCh.s. Yevropaning boshqa davlatlarida ham ommalashdi. 1910 yilda Xalqaro changi sporti komissiyasi tuziddi va Changi sportining qoidalari tasdiklandi. Bu komissiya 1924 yilda Xalqaro Changi sporti federatsiyasi ra aylantirildi. Hozirgi kunda bu federatsiyaga 100 dan ziyod davlat azo. Changi sporti 1924 yildan olimpiada oyinlari dasturiga kiritildi, 1925 yildan jahon chempionati otkaziladi. Ozbekistonda 20-asrning 70- yillaridan boshlab Changi sportining, asosan, tog changi sporti turini rivojlantirishga kirishiddi. Respublikada 300 dan ziyod kishi Changi sporti bilan shugullanadi. 2 ta Changi sportiga ixtisoslashgan sport maktabida 17 murabbiy 196 nafar bolalarosmirlarga Changi sportidan saboq berishadi. Akasingil Komil va Elmira Orinboyevalar, Vladimir Yunusov kabi yetakchi changichilar nufuzli musobaqalarning ishtirokchilaridir.