ⓘ Charxpalak - 1 suv sugoriladigan yerga nisbatan ancha pastda oqadigan ariq va anhorlardan suvni yuqoriga kotarib beradigan inshoot; aylanasi boylab chomichlar o ..

                                     

ⓘ Charxpalak

Charxpalak - 1) suv sugoriladigan yerga nisbatan ancha pastda oqadigan ariq va anhorlardan suvni yuqoriga kotarib beradigan inshoot; aylanasi boylab chomichlar ornatib qoyiladigan parrakli katta gildirak. Gildirak diametrining olchami anhor yoki ariqning kattakichikligiga, oqayotgan suvning kop yoki kamligiga qarab olinadi. Chomichlar soni gildirakning diametriga bogliq. Oqib turadigan suv gildirak parraklari ga tasir qilib, gildirakni aylantiradi, shunda chomichlar suvga toladi. Gildirak ogishi bilan chomichdagi suv novga quyiladi, novdan ariqcha orqali kerakli joyga oqadi. Ch. qadimgi suv inshootlaridan biri hisoblanadi. Dastlabki Ch.lar miloddan avvalgi 4 - 3 ming yilliqda paydo bolgan. Qadimda Ozbekiston hududida ham Ch. asosiy suv chiqarish vositasi hisoblangan. 19-asrda nasoslar paydo bolgach, Ch.larga bolgan ehtiyoj kamaydi, lekin ayrim joylarda hozir ham foydalaniladi; 2) madaniyatistirohat boglari va bolalar maydonlariga ornatiladigan kongilochar inshoot. Aylanasi boylab qozgaluvchan qilib orindiqlar osib qoyiladigan katta diametrli gildirak. Bunday Ch.ni elektr dvigatel harakatlantiradi.