ⓘ Chastota - 1 fizikada - davriy tebranishning miqdoriy ifodasi; tebranish sikllari sonining u otadigan vaqtga nisbati. Ch. v tebranish davri T ga teskari kattali ..

                                     

ⓘ Chastota

Chastota - 1) fizikada - davriy tebranishning miqdoriy ifodasi; tebranish sikllari sonining u otadigan vaqtga nisbati. Ch. v tebranish davri T ga teskari kattalik. 2) ehtimollar nazariyasida - biror hodisaning roy berishi sonining tajribalar umumiy soniga nisbati. Agar hodisaning tajribada alohida roy berishi ehtimoliga teng bolsa, yetarlicha kattalar uchun har qanday kichik bolganda ushbu tengsizlikni qanoatlantiradi. Bu xulosa katta sonlar qonunidan kelib chiqadi. Ch. tushunchasi ehtimollikning statistik tarifi uchun asos boladi; 3) kino texnikasida - kinoga olish yoki kino qoyishda yoki televizor ekranida kadrlarning almashinish davriyligi yoki tezligi. Standart tezlik sifatida 1 sekundda 24 kadr almashinishi qabul qilingan. Televizor ekranida kadrlar almashinishi standart boyicha 25 Gs ga teng.