ⓘ Chatishtirish - uruglanish jarayonida irsiy jihatdan birbiriga oxshamaydigan ikkita jinsiy hujayra ning tabiiy yoki suniy qoshilishi. Ch. natijasida paydo bolga ..

                                     

ⓘ Chatishtirish

Chatishtirish - uruglanish jarayonida irsiy jihatdan birbiriga oxshamaydigan ikkita jinsiy hujayra ning tabiiy yoki suniy qoshilishi. Ch. natijasida paydo bolgan nayel gen boyicha geterozigotali holatda turadi. Uning birbiriga oxshash bolmagan otaona gametalari bilan turli allellari duragay murtakka otgan boladi. Duragay organizm otaonasining belgi va xususiyatlariga ega bolish bilan birga, otaonasining jinsiy hujayralari orqali ularga otgan irsiy imkoniyatlarning muayyan juftlashishi, rivojlanishi va namoyon bolishi kabi xususiyatlarga ham ega boladi. Tanlash, odatda, duragaylarning ikkinchi boginida otkazilib, kopincha beshinchioltinchi boginlargacha, gomozigotali nusxalar olingungacha takrorlanadi. Duragayda otaonadan birortasining belgi xususiyatlarini kuchaytirish uchun takroriy Ch. otkaziladi.

Osimliklar amaliy seleksiyasida oddiy va murakkab Ch. qollaniladi. Ikkita onaona shakllari ortasida bir marotaba otkazilgan chatishtirish oddiy Ch.ga kiradi qarang Juft chatishtirish. Ch.ga birinketin ikkitadan ortiq otaona shakllari jalb etilsa, murakkab Ch. hisoblanadi qarang Duragaylash.

Chorvachilikda mollarning nayel sifatini oshirish hamda yangi sermahsul zotlarni yaratishda Ch.ning: a) qon quyish; b) qon singdirish; v) zavod chatishtirishi; g) sanoat chatishtirishi; d) navbatli chatishtirish usullari qollaniladi.

Ozbekiston chorvachiligida mahalliy qoramollarni shvits zoti b n Ch.ning qon singdirish usulida qongir tusli qoramol podalari shakllashirilgan. Ch.ning murakkab zavod usulida bushuyev zoti yaratilgan. Ch.ning qon quyish usulida respublikada rnlashtirilgan barcha zotlar "yaxshilovchi" zotlar bilan takomillashtirilmoqda. Ch.ning sanoat usuli sut yonalishidagi qoraola va qizil chol zotlari, gosht yonalishidagi gereford, aberdinangus, sharole, kian, santagertruda va boshqa zotlar bilan juftlashtirishda qollanilib, tez yetiluvchan va serpusht bolgan birinchi chatishma avlodlari olingan.

Duragay va chatishmalar osimlik hamda hayvonlarning xojalik jihatidan foydali belgilari boyicha tanlash, saralash, yangi zotlar va navlar yetishtirish uchun dastlabki material boladi.

Bahodir Normatov, Ubaydulla Nosirov.