ⓘ CHATQOL SANATORIYSI - tog iqlimiy kurort. Toshkent shahridan 55 km uzoqlikda, Chirchiq daryosining chap sohilida, dengiz sathidan 610 m balandlikda joylashgan. ..

                                     

ⓘ Chatqol sanatoriysi

"CHATQOL" SANATORIYSI - tog iqlimiy kurort. Toshkent shahridan 55 km uzoqlikda, Chirchiq daryosining chap sohilida, dengiz sathidan 610 m balandlikda joylashgan. Shim.sharq va jan.dan Garbiy Tyanshanning Ugom, Piskom, Chatqol va Qurama tog tizmalari orab turadi. Maydoni 12.5 ga. "CH." s 1975 yilda tashkil etilgan, Ozbekiston Respublikasi Geol. va mineral resurslar Davlat qomitasiga qarashli tibbiy soglomlashtirish maskani. Iqlimi quruq tog havosi, yozi jazirama emas, kishi iliq. Yillik ortacha tra 11.5°, havoning nisbiy namligi 50 - 60%. Yil davomida 800 mm yogingarchilik boladi. Chirchiq daryosi yaqinligi tufayli vujudga keladigan gidroaeroionizatsiya va quyoshning toliq nuri dam oluvchilar uchun qulay sharoit tugdiradi.

Davolash omili kislorodga boy musaffo tog havosi. Sanatoriyda geol. sohasida koproq kuzatiladigan kardionevrologik, yuraktomir, medaichak va tayanchharakat azolari kasalliklari bilan ogriganlar davolanadi. Sanatoriy yaxshi kokalamzorlashtirilgan. Hududidan mineral suv chiqqan. Tarkibida kaliy, natriy, magniy, kaltsiy, xlor kabi kimyoviy elementlar, shuningdek, gidrokarbonat, kremniy kislotasi va boshqa bor. Mineral suvdan, asosan, vannalar uchun, medani yuvish, ichaklarni chayish, ichishdyubaj, dush, suv osti massaji kilishda foydalaniladi. Bundan tashqari, fizioterapevtik davolash badan tarbiyasi, massaj va balneoterapevtik sirkulyar dush, Sharko dush muolajalar bilan davolash usullari ham qollanadi. Sanatoriyda Sharq tabobati - giyoxlar bilan davolash hamda parhez bilan ovqatlanishga qatiy rioya etiladi.

250 oringa moljallangan yotoq korpusi, klub, kutubxona, sport maydonchalari, choyxonalar mavjud 2004.