ⓘ Chashnachilik - uzum, vino, oziq-ovqat mahsulotlari yoki osimlik xom ashyosi sifatini organoleptik usulda - korish, hidlash, tam bilish, eshitish azolari orqali ..

                                     

ⓘ Chashnachilik

Chashnachilik - uzum, vino, oziq-ovqat mahsulotlari yoki osimlik xom ashyosi sifatini organoleptik usulda - korish, hidlash, tam bilish, eshitish azolari orqali aniqlash. Vinochilikda vinoning istemol qimmatini hamda ishlab chiqarish jarayonida uning sifatini maxsus chashnachi ustalar baholaydilar. Tajribali vinochichashnachi kimyoviy taxdil yoki maxsus asboblar yordamida olingan vino yoki vino mahsulot haqidagi axborotni toddirib, texnologik jarayonning takomil darajasiga tuzatishlar kiritadi. Choy Ch.da quruq choyning tashqi korinishi, damlangan choyning tami, rangi, xidi va bargining korinishi; tamakida hidi, tami, otkirligi, tutunida yogli moddalarning bolishiga etibor beriladi. Uzumning xoraki navlari Ch. jihatidan 10 balli shkala boyicha - uzum boshi va gujumining korinishi, tami va hidi, posti xususiyatlari va etining tuzilishi boyicha baholanadi. Ch.ning kamchiligi - uning muayyan darajadagi subyektivligi, afzalligi esa, eng sezgir asboblar bilan aniqlab bolmaydigan oziga xos nozik sifat xossalarini farqlash va unga baho berishidir. Ch.da vinolar orasidagi kimyoviy yol bilan aniqlash mumkin bolmagan farqni, mac, markali va oddiy vino orasidagi tam, xushboylik va boshqa farqlarni aniqlash mumkin. Ch.ni maxsus tajriba va layoqatga ega bolgan chashnachi mutaxassislar bajaradilar. Bunday qobiliyat tabiiy tarixiy rivojlanish natijasi bolib, inson shakllanganidan to hanuzgacha va bundan buyon ham ishlab chiqarish faoliyati tasirida istemol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini saqlash, ovqatlanish madaniyati bilan doim aloqadorlikda takomillashib boradi. Maza sezish azolari rivojlangan, nodir qobiliyat egalari bolgan chashnachilar bilinarbilinmas, nihoyatda nozik tam va lazzatlarni sezib, xulosa chiqara oladilar. Korgazma, tanlov va yarmarkalarda vino, uzum, tamaki mahsulotlari sifati chashnachilar xulosalariga kora belgilanadi. Qadimdan ozbeklar orasida urf bolgan anor sayli, qovun sayli kabi sayillarda ham yetishtirilgan anor, anjir, qovuntarvuz shirinligi, rangi, etining muloyimligi, sharbati miqdori, urugining ozligi yoki yirikmaydaligi kabi sifatlarini aniqlash boyicha chashnachilar musobaqalari otkazilgan.