ⓘ Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi - chaqaloklarda ogir kechadigan kasallik. Ona va homila qon gruppalarining turli sistemalar, kopincha rezusfaktor boyicha mo ..

                                     

ⓘ Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi

Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi - chaqaloklarda ogir kechadigan kasallik. Ona va homila qon gruppalarining turli sistemalar, kopincha rezusfaktor boyicha mos kelmasligi.

Qonda rezusfaktorning boryokligiga qarab, u rezusmusbat yoki rezusmanfiy deb belgilanadi. Bolada kasallik ona yoki ota qonining rezusi mos kelmasligi onasi - rezusmanfiy, otasi - rezusmusbat dan paydo boladi. Bunda homilaga rezusfaktor rezusmusbat otadan utishi mumkin. Homilaning rezusfaktori platsenta orqali rezusmanfiy ona qoniga otadi. Ona organizmi homila rezusfaktoriga nisbatan antitelolar ishlab chiqaradi, bular platsenta orqali rezusmusbat homila qoniga qayta otib, uning eritrotsitlarini yemiradi gemoliz roy beradi, kamqonlik va sariq pigment - bilirubinning toplanishi yuzaga keladi. Kasallik aksari ikkinchi, uchinchi va keyingi homiladorliklarda tugilgan, shuningdek, abortlardan keyingi homiladorlikda tugilgan chunki ona organizmida antitelolar miqdori bir homiladorlikdan ikkinchi homiladorlikkacha ortib boradi godaklarda uchraydi. Onaga ilgari rezusfaktorni hisobga olmay qon quyilgan bolsa, birinchi homiladorlikdan tugilgan bolada ham Ch.g.k. paydo bolishi mumkin.

CH.g.k. ona va homila qoni qon gruppalari boyicha moye kelmaganda ham kuzatiladi, bu kopincha onaning qon gruppasi 1O, bolaniki PA yoki ShV bolgan hollarda roy beradi.

CH.g.k.ning 3 shakli farq kilinadi: homiladagi umumiy tugma shish, chaqaloklardagi sariqlik hamda ulardagi tugma kamqonlik.

Chaqaloklardagi sariklik koproq uchraydi. Sariqlik tugruqning birinchiikkinchi kunida paydo boladi va bola hayotining keyingi kunlarida kupaya boradi; bazan godak terisi sargayib tugiladi, bu qonda eritrotsitlar parchalanishidan hosil boladigan boyovchi modda - bilirubinning paydo bolishi va tez kopayishiga bogliq. Bunda birinchi haftaning oxirlarida bolaning ahvoli ogirlashib, u shilqillab tushadi, yaxshi emmaydi, oyoqqollari tortishadi.

Homilaning umumiy tugma shishi hamda kamqonliqda bola ulik tugiladi yoki tugilgan zahoti nobud boladi.

CH.g.k.ning oldini olish uchun homilador ayollarning qoni rezusfaktorga tekshiriladi va qon gruppasi aniqlanadi. Qoni rezusmanfiy ayollar hisobga olinadi; ularning qoni rezus antitelolarga muntazam tekshirib turiladi. Qoni rezusmanfiy birinchi marta homilador bolgan ayollarga abort qildirish tavsiya etilmaydi.