ⓘ Cheboksari - RF Chuvashiya Respublikasidagi shahar, respublika poytaxti. Volga daryosining ong sohilida, Cheboksar daryosining Volgaga kuyilish joyida. Cheboksa ..

                                     

ⓘ Cheboksari

Cheboksari - RF Chuvashiya Respublikasidagi shahar, respublika poytaxti. Volga daryosining ong sohilida, Cheboksar daryosining Volgaga kuyilish joyida. Cheboksari stansiyasi, avtomobil yollari chorrahasi, aeroport bor. Yirik dare porti. Aholisi 440.6 ming kishi. Ilk bor 1469 yil solnomasida uchraydi. 1555 yildan Rus davlati qalasi. Volga boyining yirik savdo markazi. 1781 yildan Kozon gubernyasi uyezd markazi. 1920 yildan Chuvashiya muxtor viloyati markazi, 1925 yildan Chuvashiya Muxtor Respublikasi poytaxti, 1992 yildan Chuvashiya Respublikasi poytaxti. Yetakchi sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, yengil ; shuningdek, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoatlari mavjud. Issiqlik elektr styasi bor. 3 oliy oquv yurti, 5 teatr, 4 muzey, filarmoniya, kartinalar galereyasi faoliyat korsatadi.

Memoriy yodgorliklardan Troitsa monastiri 16-asr, Vvedeniye sobori 1651, Vozdvijeniye 1702 va Uspeniye 1763 cherkovlari, 17 - 18-asrlarda qurilgan turar joy binolari saqlangan.