ⓘ Chegara qatlam - suyri jismlarning sirti yaqinida, kanal devorlarida yoki suyuqlikning xar xil tezlikli, trali, yo bolmasa, turlicha kimyoviy tarkibli ikki oqim ..

                                     

ⓘ Chegara qatlam

Chegara qatlam - suyri jismlarning sirti yaqinida, kanal devorlarida yoki suyuqlikning xar xil tezlikli, trali, yo bolmasa, turlicha kimyoviy tarkibli ikki oqimning bolinish chegarasida suyukdik yoki gazning oqish sohasi. Chegara qatlam nazariyasini 1904 yilda L. Prandtl yaratgan. Oqish rejimi suyuqlik yoki gazning qalinligi, tashki muhitning qandayligi, suyuqlik tegib turgan yuzaning sillikligiga bogliq. Chegara qatlamda yopishqoqlik kuchi hisobga olinadi. Nisbiy tezlikka ega bolgan ikki oqimning qoshilishi natijasida ham Chegara qatlam hosil boladi va u erkin qatlam deb ataladi. Chegara qatlamda oqimning laminar va turbulent rejimi yuz berishi mumkin. Laminar Chegara qatlam qalinligi turbulent Chegara qatlam uchun esa formula orqali aniqlanadi.

CH.q.da muhit zarralari tormozlanadi, malum vaqtdan keyin ularning kinetik energiyasi hosil bolgan bosimni yengish uchun yetarli bolmay qoladi, bu vaqtda Chegara qatlamda teskari o qi m hosil boladi. Suyuqlik zarralari dastlab jism yuzasiga parallel harakat qiladi, teskari okim hosil bolishi bilan jism yuzasidan uzoqdashadi. Bu hodisani Chegara qatlamning ajralishi deyiladi. Chegara qatlamda ajralish kancha oddin roy bersa, jismning quyruq qismida bosim shuncha kam boladi. Chegara qatlam ajralishi bilan Ch.qdan tashkarida suyuklik gaz okimi tubdan ozgaradi. Bu, oz navbatida, jismga, mac, samolyot qanotiga qarshilik kuchini kopaytirib, kotarish kuchini kamaytiradi.