ⓘ Chek, dala uchastkasi. Chek, pol - tekislangan tuproq va marzalar bilan oralgan dala uchastkasi; sholi ekishda, bostirib sugorishda yoki tuproq shorini yuvishda ..

                                     

ⓘ Chek (dala uchastkasi)

Chek, pol - tekislangan tuproq va marzalar bilan oralgan dala uchastkasi; sholi ekishda, bostirib sugorishda yoki tuproq shorini yuvishda qollaniladi. Ch.ning kattakichikligi yer nishabi va joy relyefiga bogliq. Yer nishabi 0.0005 dan kichik bolsa, Ch. eni 10–25 m, uz. 50–70 m, imkoni boricha eni togri burchakli qilib olinadi, yani Ch. maydoni 0.07 - 0.20 ga boladi. Nishabi bundan katta bolgan yerlarda Ch. eni kamaytiriladi. Nishabi past uchastkalarda va mexanik tarkibi ogir qumoqli va gilli tuproqlarda Ch. maydoni 2 ga gacha bolishi mumkin. Kapital shor yuvishda Ch. maydoni va kattakichikligi, odatda, muvaqqat zovurlarning joylashish holatiga qarab belgilanadi. Bostirib shor yuvilganda Ch.da suv qatlami 20 - 30 sm bolishi kerak; marza bal. 45 - 60 sm boladi.