ⓘ Cheklilik va cheksizlik - narsa va hodisalarning qaramaqarshi tomonlarini ifodalovchi tushunchalar. Cheklilik - fazo va vaqtda oz ibtidosi va intihosi bolgan an ..

                                     

ⓘ Cheklilik va cheksizlik

Cheklilik va cheksizlik - narsa va hodisalarning qaramaqarshi tomonlarini ifodalovchi tushunchalar. Cheklilik - fazo va vaqtda oz ibtidosi va intihosi bolgan aniq, chegarali obyektlar ni anglatadi. Cheklilik chegarasi obyekt intihosini boshqa obyektdan ajratib turadi va ularni birbiriga boglaydi. Cheklilik doim ozgarishda, harakatda. Voqelikdagi har bir bilish obyekti muayyan munosabatda, cheklilik sifatida namoyon boladi. Cheksizlik - materiya va uning turli xususiyatlariga xosdir. U dunyoning fazo va vaqtda benihoyaligini anglatadigan tushuncha. Har qanday narsa va hodisalar cheklidir, chunki u boshqa predmet va hodisalardan mustaqil holda mavjud bolib, fazo va vaqtda malum kolamni egallaydi. U ozini qurshab olgan dunyo bilan tinimsiz aloqada bolganligi uchun cheksizdir. Har qanday chekli narsa - cheksizlikning yuz berishi shaklidir. Ilmfan cheklili obyektlarini bilish orkali cheksizlikni ochib berishga yaqinlashadi.