ⓘ Chennay -Hindistonning jan. qismidagi shahar, Bengaliya qoltigi sohilida. Tamilnad shtatining mamuriy markazi. Axoliyey 6.8 mln. kishi. Iqlimi issiq, yanvarning ..

                                     

ⓘ Chennay

Chennay -Hindistonning jan. qismidagi shahar, Bengaliya qoltigi sohilida. Tamilnad shtatining mamuriy markazi. Axoliyey 6.8 mln. kishi.

Iqlimi issiq, yanvarning ortacha trasi 24°, iyulniki 32°. Yiliga ortacha 1200 mm yogin yogadi. Teztez bolib turadigan tropik siklonlar shaharga katta zarar keltiradi. Ch. kattaligi jihatdan mamlakatda Mumbay, Dehli, Kalkuttadan keyin 4orinda turadi. Ch. - Hindistonning eng katta portlaridan. Transport yollarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat, savdomoliya va madaniyat markazi. Ch.da mamlakat sanoat mahsulotining /"0 qismi ishlab chiqariladi. Toqimachilik ip gazlama, mashinasozlik, metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Neft qayta ishlanadi. Oziq-ovqat, tamaki, poligrafiya, elektronika, sement, konpoyabzal sanoati korxonalari mavjud. universitet 1857, Hindiston geogr. jamiyati, i.t. institutlari, texnika instituti, Musiqa akademiyasi, markaziy kutubxona, davlat muzeyi, Milliy badiiy galereya, teatr, kinostudiya, rasadxona va boshqa bor. Ch. ornida 17-asr boshlarida balikchilarning Madraspatam nomli qishlogi bolgan. Angliyaning OstIndiya kompaniyasi bu yerda qala qurib 1639 - 40, bosh qarorgohini kochirib keltirgan. Osha vaqtdan Ch. inglizlarning Hindistondagi harbiy tayanch bazasi va savdo punkta. 1746 - 49 yillarda fransuzlar qol ostida bolgan. 18-asrning 2yarmi va 19-asr boshida Ch. inglizlarning Hindistonning jan.sharqiy qismidagi bosib olgan yerlarining siyosiymamuriy markazi. Hindiston mustaqillikka erishgach 1947, Ch. Madras 1969 yildan Tamilnad shtatining mamuriy markazi. Ch. yaqinida tamil memorligi yodgorliklaridan Maqabalipuram majmuasi saklangan.