ⓘ Chervetslar - koksidlar kenja turkumiga mansub tengqanotli hasharotlar. 250 ga yaqin turi uchraydi. Tanasining uz. 0.5–35 mm. Urgochisi qanotsiz. Erkaklarida bi ..

                                     

ⓘ Chervetslar

Chervetslar - koksidlar kenja turkumiga mansub tengqanotli hasharotlar. 250 ga yaqin turi uchraydi. Tanasining uz. 0.5–35 mm. Urgochisi qanotsiz. Erkaklarida bitta oldingi juft qanotlari bor, ogiz apparata rivojlanmagan. Urgochisining ogiz apparati soruvchi tipda. Tanasining usti mumsimon yoki unsimon gubor bilan qoplangan. Kopchilik turlari mavsumda 1 - 2, ayrimlari esa 3 - 4 avlod beradi. Jinsiy yol bilan yoki partenogenetik kopayadi. Urgochisi 3000 tagacha tuxum qoyadi, tirik tugadiganlari ham bor. Orta Osiyoda komstok chervetsi, unsimon uzum chervetsi, dumaloq chervets, akatsiya va boshqa zarar keltiradi. Ch. qishloq xojalik va texnika ekinlari, manzarali hamda ormon osimliklari zararkunandasidir. Kopchilik turlari ihota daraxtlari ni shikastlaydi. Zararlangan daraxtlar osishi yomonlashadi, barg, mevalari tokiladi, novdalari kurib qoladi. Boyoqchilik sanoatida ayrim Ch. ajratgan moddalardan foydalaniladi.

Kurash choralari: qirqilgan novdalarni bogdan tashqariga olib chiqarib yoqib yuborish; daraxt kurtaklari rivojlanmasdan oldin unga mineralmoy emultsiyasi bir tup daraxtga 10 - 15 l purkash va boshqa Ekiladigan kochatlarni metil bromid preparati 50 - 60 g/m3 bilan fumigatsiya qilish.