ⓘ Chervyakli uzatma - vint va u bilan ilashadigan chervyak gildiragi vositasida ayqash vallarga aylanma harakat uzatadigan mexanizm. Harakat chervyakdagi trapetsi ..

                                     

ⓘ Chervyakli uzatma

Chervyakli uzatma - vint va u bilan ilashadigan chervyak gildiragi vositasida ayqash vallarga aylanma harakat uzatadigan mexanizm. Harakat chervyakdagi trapetsional rezba bilan gildirakning yoysimon tishlari orasidagi ilashish kuchi natijasida uzatiladi. Chervyak rezbasining kirimlar soniga kura, bir, ikki va tort kirimli, rezba orami shakliga kora, arximed spiralli, botiq profilli va boshqa xillarga bolinadi. Chervyakli uzatmada uzatish soni 300 va undan katta boladi va u quyidagi formula orqali aniqlanadi: /=z2/zp bunda / - uzatish soni, z, - chervyakning kirimlar soni, z2 - chervyak gildiragi tishlari soni.

CH.u.ning boshqa uzatmalardan afzalligi tekis, shovqinsiz ishlashi, ixchamligi; kamchiligi tutashuvchi elementlar chervyak orami bilan gildirak tishi ning birbirining ustida nisbiy sirpanishi, foydali ish koeffitsiyenti pastligi, detallar qizib yeyilishi xisoblanadi. Chervyak gildiraklari yeyilishini kamaytirish uchun ular antifriksion xossali materiallar asosan, bronza dan, rangli metallarni tejash uchun tarkibiy materiallar bronzapolat, bronzachoyandan, kuchsiz uzatmalarda esa tekstolit, poliamid va boshqalardan tayyorlanadi.

CH.u.dan mashinalarni harakatlantirishda, boshqarish qurilmalari mac, avtomobilning rul boshqarmasida, metall kesish stanoklari, gidrotexnika inshootlari, kotarishtashish mashinalari va boshqalarda foydalaniladi.