ⓘ Chernigov - Ukrainaning Chernigov viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Desna daryosining ong sohilidagi port. Chernigov va avtomobil yollari chorrahasi. Aholis ..

                                     

ⓘ Chernigov

Chernigov - Ukrainaning Chernigov viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Desna daryosining ong sohilidagi port. Chernigov va avtomobil yollari chorrahasi. Aholisi 305 ming kishi. Shahar togrisidagi dastlabki malumotlar 907 yilgi solnomada qayd etilgan. Ch. 1802 yildan Chernigov gubernyasi markazi.

Yengil, oziq-ovqat, mashinasozlik, kimyo "Ximvolokno" ishlab chiqarish birlashmasi sanoatlari mavjud. Uysozlik kombinati, musiqa asboblari pianino, karton fabrikalari ishlab turibdi. Ped. instituti, 2 teatr, tarixiy, badiiy xalq dekorativ sanati, M.M.Kotsyubinskiy nomidagi adabiymemorial muzey faoliyat kursatadi. Tarixiymemoriy qorikxona. Memoriy yodgorliklardan SpasPreobrajeniye 11-asr, Boris va Gleb 11-asr soborlari. Pyatnitskiy cherkovi 11-asr oxiri - 13-asr boshlari, Lizogub uyi 1690 yillar, Yelets ansambli 17-asrda asos solingan tarkibida Uspeniye sobori 11-asr va Troitsa monastiri 17 - 18-asrlar saklangan.