ⓘ Chjou - Qad.Xitoy tarixida xitoy sulolasi va davri nomi. Sulolaga Chjou kabilasi sardori U Van tomonidan asos solingan. U Van 1027 yil In davlatini tormor qilib ..

                                     

ⓘ Chjou

Chjou - Qad.Xitoy tarixida xitoy sulolasi va davri nomi. Sulolaga Chjou kabilasi sardori U Van tomonidan asos solingan. U Van 1027 yil In davlatini tormor qilib Shim. Xitoydagi barcha qabilalar va hududlarni birlashtirgan. Mamlakatni boshqarish uchun qarindoshoruglarga, van ning safdoshlari va ittifoqchilariga udel ajratib berish usulidan foydalanilgan. Ch. zodagonlari harbiy drujinachilarga tayanib ish korgan, ular orasida begona qabila, t.illari kop bolgan. Shuning uchun Ch. hukmronligi nafaqat ijtimoiy balki qabilaviy zulmni ham kuchayishiga olib kelgan. Udellarning markaziy hukumat bilan kurashi va udellar urtasidagi ozaro nizolar ularning ayrimlarini yoq bolishiga va yangi podsholiklar - mustaqil yoki yarim mustaqil davlatlarning paydo bolishiga olib kelgan. Miloddan avvalgi 8-asrdan, Chuntsyu davridan etiboran Ch. vanlari hokimiyati zaiflashgan, miloddan avvalgi 7 - 6-asrlarda mamlakatda amadda eng qudratli podsholiklar - "gegemonlar" hukm sura boshlagan. Chjango davrida mamlakatda hukmronlik qilish uchun kurashayotgan yettita kuchli podsholik ajralib chiqqan. Ch. sulolasi hokimiyati zaiflashib, u faqat Ch.larning uruglariga tegishli mulklarga tarqalgan, xolos. Ularni ham Sin podsholigi miloddan avvalgi 256 - 249 yillarda bosib olgan.

CH. davrida miloddan avvalgi 6-asrdan boshlab temir tarqala boshlagan, bu ishlab chiqarish kuchlarini keskin oshishiga, yer haydashni yaxshilanishiga olib kelgan. Ch. davri bir qancha falsafa maktablari vujudga kelishi, adabiyot, tasviriy va musiqa sanatining taraqqiy etishi bilan ajralib turadi.