ⓘ Chjurchjenlar, chjulichjen, nyuychjen, nyuychji - tungus qabilalaridan. Qadimdan Manjuriyaning sharqiy qismida yashaganlar. 10-asrgacha mustaqil bolishgan, Xito ..

                                     

ⓘ Chjurchjenlar

Chjurchjenlar, chjulichjen, nyuychjen, nyuychji - tungus qabilalaridan. Qadimdan Manjuriyaning sharqiy qismida yashaganlar. 10-asrgacha mustaqil bolishgan, Xitoy va Koreya bilan aloqalari bolgan. 10 - 11-asrlarda kidanlarta tobe bolganlar. 11-asr boshida Ch. qabilalari 1114 yil kidanlarga qarshi qozgolon kotargan Aguda tomonidan birlashtirilgan. Natijada Ch. mustaqil Szin davlati ni barpo etganlar, keyinchalik bu davlat mogullar tomonidan tugatilgan. Mogullar davrida Ch. yana bir necha kabila guruxlariga parchalanib, 16-asrgacha Sharkiy Osiyo tarixida aytarli rol oynamaganlar. 16-asr oxiridan Ch.ning "Szyanchjou nyuychjilari" deb atalmish guruhidan oqsoqol Nurxatsi siyosat maydoniga chiqqan. U 1583 - 1625 yillar mobaynida nafaqat Szyanchjou kabilalarini, balki keyinchalik "manjurlar" deb nom olgan boshka qabilalarni ham birlashtirishga muvaffaq bolgan.