ⓘ Chju Yuanchjan - Xitoy imperatori. Min sulolasi asoschisi. Yersiz ijarador oilasida tugilgan. Yoshligida Budda rohibi bolgan. 1352 yil mogullarning Yuan sulolas ..

                                     

ⓘ Chju Yuanchjan

Chju Yuanchjan - Xitoy imperatori. Min sulolasi asoschisi. Yersiz ijarador oilasida tugilgan. Yoshligida Budda rohibi bolgan. 1352 yil mogullarning Yuan sulolasiga qarshi Markaziy Xitoyda qozgolon kotargan shaharlik boylardan Go Szisin otryadiga kirgan. 1355 yil bu rndagi vatanparvarlar qozgolonining bosh rahbariga aylangan. Oz hokimiyati ostiga Markaziy, Sharqiy va Jan. Xitoyning katta qismini hamda boshqa qozgolonchi rahbarlar qol ostidagi hududlarni birlashtirish yoli bilan Ch.Yu. 1368 yil yanvarda ozini imperator deb elon qilgan. Shu yili uning koshinlari Yuan imperiyasi poytaxti Dadu ni egallab, mogul sulolasini agdarib tashlagan. Ch.Yu. podsholigi davrida mamlakat iqtisodiyotini tiklash yolida bir qator islohotlar, avvalo qishloq xojaligi sohasida amalga oshirilgan. Ch.Yu. ning ichki siyosati amaldorlarning oz mansablarini suiistemol qilishlariga qarshi qaratilgan, shuningdek, yangi suloladan norozi bolgan barcha shaxslarga nisbatan qatagon siyosati yurgizgan.