ⓘ Chigirtka - chigirtkasimonlar katta oilasining gala bolib yashaydigan turlari umumiy nomi. Chigirtka ekinlarining zararkunandasi xisoblanadi. Jan. Yevropa, Jan. ..

                                     

ⓘ Chigirtka

Chigirtka - chigirtkasimonlar katta oilasining gala bolib yashaydigan turlari umumiy nomi. Chigirtka ekinlarining zararkunandasi xisoblanadi. Jan. Yevropa, Jan. va Sharqiy Osiyo, Afrika, Jan. va Shim. Amerika, Avstraliya mamlakatlarida uchraydi. Chigirtkalarning ekinlarga keltiradigan ofati haqida Qadimgi Misr yozma manbalarida malumotlar uchraydi. Ozbekistonda tarqalgan turlari ichida eng xavflilari - osiyo chigirtkasi, voha chigirtkasi, marokash chigirtkasi va chol chigirtkasi. Chigirtkalar, ayniqsa, uzoq masofalardan uchib kelib va tosatdan yopirilib ekinlarni nobud qilishi bilan xavflidir. Chigirtka lichinkalarining todasi oziq qidirib malum yonalishda harakat kiladi va oz yolida uchragan kokatlarni yeb bitiradi. Hayoti mobaynida har bitta Chigirtka 300 g gacha kokat yeydi. Zararkunanda koplab urchigan yillari ular soni har bir m2 maydonda bir necha yuzga va hatto bir necha mingga yetadi, egallagan maydon esa bazan 1 mln. ga ni tashkil etishi mumkin. Tuda bolib yashash instinkta Chigirtka tuxumdan chiqib harakat qila boshlagandan paydo boladi. Obhavoning qulay kelishi Chigirtkaning koplab urchishiga yordam beradi. Chigirtkalarning ekinlarga va osimliklarga yetkazadigan zararini bartaraf etish maqsadlarida Hindiston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrikada BMT Oziq-ovqat va q.h. boyicha tashkilotining Chigirtkalarga qarshi kurash tayanch punktlari ochilgan, Fransiya va boshqa mamlakatlarda yirik ilmiy, ilmiyi. chigirtka markazlari tuzilgan.

Ozbekiston Qishloq va suv xojaligi vazirligining Respublika osimliklarni himoya qilish va afokimyo Markazi huzurida Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpogistonda Chigirtkaga qarshi kurash ekspeditsiyalari ishlaydi 1983 yildan kayta tiklangan; Krraqalpogistonda esa bunday ekspeditsiya 1930 yildan beri mavjud.

Kurash choralari: boz yerlar haydab, ozlashtiriladi; otloq va pichanzorlar doim nazorat qilib turiladi; partov va bosh yotgan yerlar orasidagi uvatlar yoqotiladi. Yosh 1 - 3 Chigirtkaga qarshi 50% li karbofos 2 kg/ga, li vafotoks 2 kg/ga va 20% li sumitsidin 0.4 - 0.5 kg/ga qollanadi.