ⓘ Chigit - goza urugi; terib olingan paxtani qayta ishlab olinadi. Terilgan paxta vaznining 55 - 60% Ch. hissasiga togri keladi. Shakli tuxumsimon yoki noksimon, ..

                                     

ⓘ Chigit

Chigit - goza urugi; terib olingan paxtani qayta ishlab olinadi. Terilgan paxta vaznining 55 - 60% Ch. hissasiga togri keladi. Shakli tuxumsimon yoki noksimon, chozinchoq yoki kalta, boyi 1.5–15 mm, eni 1–8 mm, ogirligi 70– 160 mg, 1000 donasining ortacha vazni 120 - 140 g; qongirjigarrang, qattiq qobiq va magiz dan iborat. Ustki qavati dan tola va momiq ajratib olinadi. Tola va tuklari kop keng qismi xalaza, uch qismi mikropile deyiladi. Ch. murtagi 2 ta urugpalla, urugpalla ostki bogin, iddiz qinidan iborat. Foydalanish maqsadlariga kora uruglik va sanoatda qayta ishlanadigan texnik Ch.larga bolinadi. Bir necha oydan bir ikki yilgacha yaxshi saqlangan Ch. fiziologik pishib yetilgan, soglom va unuvchan boladi. Bexato va soglom unib chiqishi uchun ivitiladi. Ch.ning muhim xususiyati uning epidermis hujayralarida bir hujayrali 20 mm dan 42–44 mm va undan ortiq bolgan tolalarning hosil bolishidir. Ch. magzi tarkibida 24 dan 29% ga qadar moy bor. Ozbekiston yogmoy sanoati korxonalarida har yili 1.5 - 2 mln. t texnik chigit qayta ishlanib paxta yogi, shulxa, kunjara olinadi. Ch. chiqindilarini qayta ishlab, ulardan sellyuloza, spirt, lok va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.