ⓘ Chizellash - tuproqqa ishlov berish usullaridan biri; tuproqni yumshatish, aralashtirish, begona otlar ildizini yoqotish vazifasini bajaradi. Ch. uchun tirkama ..

                                     

ⓘ Chizellash

Chizellash - tuproqqa ishlov berish usullaridan biri; tuproqni yumshatish, aralashtirish, begona otlar ildizini yoqotish vazifasini bajaradi. Ch. uchun tirkama va osma chizellar osma yoki tirkama boronalar bilan birga ishlatiladi. Tuprogi ogir, yaxob berish yoki shor yuvishda haydalma qatlami zichlashib ketgan yerlarda 1 - 2 marta Ch. otkaziladi. Chunki boronalash tuproqni kutilgan darajada yumshatish va uqalantirishga imkon bermaydi. Ch.ni yetilgan tuproq chuqurligi da kollash lozim. Ch.da ekishga qadar dalaga mineral ogitlar solinadigan bolsa, ish qurollari ish organlari orasi 25 - 30 sm qilib, ekish qatoriga nisbatan kondalang yonalishda ornatiladi. Ch., ayniqsa, kartoshka va boshqa ildizmevali ekinlarda yaxshi samara beradi, ularning hosiddorligi 15 - 20% ga oshadi.

Begona otlar kup osgan yerlarni Ch.da yassi yotiq kesmali chizel qollaniladi. Taroqlab yigilgan ildizpoyalar dala tashqarisiga chiqarilib, yoqib yuboriladi. CHIZIQ - 1) yozadigan, chizadigan yoki yuqadigan narsalar qoldirgan ingichka iz. Mac, qalam yoki bor bilan chizilganda paydo boladigan yol; 2) narsalarning chegarasini, joylashishini yoki borishini korsatuvchi yonalish. Mac, reaktiv samolyot uchganda dvigatelining orqasidan chiqadigan tutun izi; 3) matematikada - sirtning ikki qoshni sohasidagi umumiy qism. Analitik geometriyada tekislikdagi Ch. nuqtalarning koordinatalari orasidagi tenglamalar bilan ifodalanadi. Togri burchakli koordinatalar tizimida Ch. tenglamalarning turiga qarab ajraladi. Agar tenglama Gx, u= 0 korinishida bolsa, u hodda yatartiblialgebraik egri chiziq deb ataladi bunda Ghx, u - x, u ga nisbatan ldarajali kophad). 1tartibli Ch. togri chiziq boladi. Konussimon kesim, ellipslar shu jumladan, aylanalar, giperbolalar va parabolalar 2tartibli Ch.lar jumlasiga kiradi. Algebraik bolmagan Ch.larga misollar: trigonometrik funksiyalarning grafiklari, logarifmik va giperbolik funksiyalar, sikloida, gipotsikloida, epitsikloida va koxleoida.