ⓘ Chilangarlik - mayda buyumlar ni yasash kasbi; zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida turli mexanik amallarni bajarish. Ch. buyumlari avval xonaki hunarmandchili ..

                                     

ⓘ Chilangarlik

Chilangarlik - mayda buyumlar ni yasash kasbi; zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida turli mexanik amallarni bajarish. Ch. buyumlari avval xonaki hunarmandchilik usullarida ishlab chiqarilgan. Chilangarlar, asosan, ochoq, dam, bozgon, bolga, ombur vab. asboblardan foydalangan. Ular sartaroshlik, etikdozlik, kavushmahsidozlik, tikuvchilik va duradgorlik kasblariga kerakli, shuningdek, binokorlik uchun ish qurollari yasashgan. Hozir Ch. mahsulotlari asosan korxonalarning maxsus sexlarida koplab ishlab chiqariladi. Korxonalardagi Ch. rejalash, kesish yoki qirqish, tekislash yoki togrilash, egish, parmalash, oyish, egovlash, parchinlash, kavsharlash, qalaylash va boshqa amallarni oz ichiga oladi. Biror mahsulotni tayyorlashda bu amallarning bazilari birinketin muayyan tartibda bajariladi. Bu tartib texnologik jarayon deb ataladi. Texnologik jarayondagi amallar maxsus asbobuskunalar, dastgohlar, stanoklar, kavsharlash va payvandlash jihozlari yordamida bajariladi.