ⓘ Chillaki - 1 mahalliy ertapishar xoraki uzum navi. Ch.ning Qizil Ch. va Oq Ch. xillari bor. Uzbekistan, Tojikiston, Qirgizistonda tarqalgan. Sharqiy ekologikgeo ..

                                     

ⓘ Chillaki

Chillaki - 1) mahalliy ertapishar xoraki uzum navi. Ch.ning Qizil Ch. va Oq Ch. xillari bor. Uzbekistan, Tojikiston, Qirgizistonda tarqalgan. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Tupi ortacha usadi. Bargi mayda, togarak, chuqur kertikli, besh bolmali, toq yashil, nafis, silliq. Guli ikki jinsli. Uzumi iyunning 2yarmida pishadi. Uzum boshi 200 - 250 g, konussimon, tigiz. Gujumi ortacha, dumaloq, shirinligi ortacha, posti yupqa. Tarkibida 14 - 15% qand, 3 - 3.5% kislota bor. Hosildorligi 80 - 100 s/ga. Asosan, yangiligida istemol qilinadi. Zamburugli kasalliklarga chidamsiz. Toshkent, Fargona, Samarqand viloyatlarida kop uchraydi; 2) ekinlarning ertapishar navlari.