ⓘ Chillashir - odamda toxtovsiz ich ketishi, glossit, anemiya, ozib ketish bilan kechadigan kasallik. Asosan, subtropik va tropik iqlimli joylarda uchraydi. Ch. h ..

                                     

ⓘ Chillashir

Chillashir - odamda toxtovsiz ich ketishi, glossit, anemiya, ozib ketish bilan kechadigan kasallik. Asosan, subtropik va tropik iqlimli joylarda uchraydi. Ch. hammada, koproq tuqqan ayollarda chilla davriyaa kuzatiladi. Oqsilli moddalar’ kam, uglevodli ovqatlar kop istemol kilinishi, issiq iqlim sharoiti va boshqa natijasida ichakda turli zamburuglarning kopayib, bijgish jarayonining kuchayishi hamda vitaminlar tanqisligi Ch.ga sabab bolishi mumkin.

Kasallik sekinasta boshlanadi homiladorlik vaqtida boshlanishi ham kuzatiladi. Dastlab, bemorning qorni dam bolib, ogriydi, quldiraydi, kop yel chiqadi, gavda trasi normal yoki baland, yoxud past boladi. Toxtovsiz sutkasiga 8 - 10 marta ich ketadi najas kopiksimon, oq rangda boladi. Til qizaradi, milk, tanglay, ogiz boshligi shilliq qavati va yutqin yalliglanib, ularda yaralar paydo boladi. Kop ich ketishi ichakda sorilish jarayonini susaytiradi, ichki sekretsiya bezlari va nerv sistemasi faoliyati ozgaradi, qon ishlab chiqarilishi buzilib, kamqonlik yuzaga keladi, bemor ozadi, darmoni quriydi.

Davo kasallik belgilariga qarab tayinlanadi.