ⓘ Chimboy tumani - Qoraqalpogiston Respublikasiaagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan. Shim,garbdan Moynoq, garbdan Bozatov va jan.dan Kegeyli, sharq va sh ..

                                     

ⓘ Chimboy tumani

Chimboy tumani - Qoraqalpogiston Respublikasiaagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan. Shim,garbdan Moynoq, garbdan Bozatov va jan.dan Kegeyli, sharq va shim.sharqdan Qoraozak, tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3 ming km². Aholisi 92.8 ming kishi. Tumanda 8 ovul fuqarolari yigini bor. Markazi - Chimboy shahri

Tabiati. Tuman hududi Amudaryo quyi oqimining ong sohilidagi tekislikda, Kegeyli kanali sohilida joylashgan. Balandligi 60–70 m. Garbiy va shim. qismlari botqoklashgan toqaylardan iborat. Shim.garbidagi qum tepalari uncha baland bolmagan 250 m Qoshxona toglariga tutashadi.

Iklimi keskin kontinental. Yer osti suvlari yaqin. Yozi issiq, quruq. Kishi sovuq. Yillik ortacha temperatura 11°. Yanvarning ortacha temperaturasi - 6.9°. Eng past temperatura - 32°. Amudaryo sohilida kolmak kop. Tuman hududida Qozoqdaryo va uning irmogi Erkindaryo oqadi. Ulardan Tasjarma, Qizilozak, Qoshqarjiqqan kanallari chiqarilgan. 1939 - 40 yillarda qurilgan Mayjap va Obodjap kanallaridan ham ekinlarni sugorishda foydalaniladi. Tuman hududi orqali Kegeyli kanali otadi tuman hududidagi uz. 70 km. Kizketgan, Orjap va boshqa kanallar, Qorakol, Maqpalkol, Shardaryo, Tobonkol kabi kollar bor. Ulardan ham ekinlarni sugorishda foydalaniladi. Tuproqlari, asosan, och boz, kongir, otloqi, botqoqotloqi tuproq; bazi joylarda shor tuproklar va takirlar ham bor. Tabiiy osimliklardan qamish, qoga, yulgun va boshqa osadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, borsiq, tulki, qobon, chiyabori, bori, tipratikan, korsichqon, har xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan ordak, goz, birqozon, qoton, qiziloyoq, yilqichi, qirgovul, torgay, kaptar, qirgiy, musicha va boshqa yashaydi.

Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar; ozbek, rus, qozoq, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km² ga 31 kishi. Shahar aholisi 46.2 ming kishi, qishloq aholisi 46.6 ming kishi 2004.

Xojaligi. Tuman xojaligida qishloq xojaligi asosiy orinni egallaydi. Paxtachilik va sholikorlik, chorvachilik va polizchilik yaxshi rivojlangan. Pillachilik bilan ham shugullaniladi.

Tumanda maishiy xizmat korsatish shoxobchalari, paxta tozalash, yogmoy, gisht, qurilish materiallari, keramika, asfaltbeton zdlari va boshqa bor.

Chimboy tumanida 9 shirkat, 570 dan ziyod fermer xojaligi faoliyat korsatadi. Chimboy tumanida foydalaniladigan yerlarga paxta, sholi, sabzavot va poliz, yemxashak ekinlari ekiladi.

Tuman jamoa va shaxsiy xojaliklarida qoramol, qoy va echki, parranda boqiladi.

Chimboy tumanida ped. kasbhunar kolleji, umumiy talim maktablari, Qoraqalpogiston qishloq xojaligi ilmiy tadqiqot instituti, naslchilik styasi faoliyat korsatadi. 6 kutubxona, bolalar madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, 5 kasalxona, poliklinika, tugruqxona, 11 qishloq vrachlik punkti aqoliga xizmat korsatadi.