ⓘ Chin - qad. turkiy xalklar yashagan joy nomi. Ulug, mustahkam degan manoni bildiradi. Koshgariyning Devonu lugotit turk asarida Ch. aslida uchga bolinadi. Birin ..

                                     

ⓘ Chin

Chin - qad. turkiy xalklar yashagan joy nomi. "Ulug", "mustahkam" degan manoni bildiradi. Koshgariyning "Devonu lugotit turk" asarida Ch. aslida uchga bolinadi. Birinchisi Yuqori Ch. bolib - buni Tabgach deydilar, ikkinchisi orta Ch. bolib - buni Xitoy deydilar, uchinchisi Quyi Ch. bolib buni Barxan deydilar. Lekin hozir Tabgach - Mochin, Xitoy - Chin, Barxan - Qashqar deb yuritiladi deb yozadi. Yana shu kitobda Ch.dan Mochingacha bolgan hududda 20 turkiy qabilaning biri xitoylar yashaganligi aytilgan. Koshgariy Ch. deb nomlagan Kidon davlati Xitoyning shim.da, sharqda Ulug okeangacha, shim.da Baykalgacha, garbda Oltoy toglarigacha bolgan hududni egallagan. Mazkur joyda, xitoy manbalaridagi turkiy xalqlarning ajdodlari - Llar istiqomat qilganlar.

Xitoyda MinMing sulolasi 1368 - 1644 davrida Xitoyning jan. da istiqomat qilib kelgan aholi xanzular, Xitoyning shim.dagi kidonlar xitoylar hududini egallashgan. Ular son jihatdan kop bolgan, shu tufayli kidonlar xanzularga singib ketadi. Ularning Markaziy Osiyoga surilgan bir qismi qoraxitoylar kochmanchi turkiy qabilalarning tarkibiga singib ketadi.

1644 yil Ch. hududidan chiqqan Manjur imperiyasi Jan. Xitoyni Jungguoni bosib olgandan song, imperiya nomini "Ching" deb atadi. Songra mazkur imperiya orta va Quyi Ch. ni ham egalladi. Yevropaliklar Manjur imperiyasini Shin, China, Chayna, Xina deb talaffuz qilgan. Keyinchalik bu nom Xitoyga taalluqli bolib qolgan. Arab, forsiy, turkiy manba va adabiyotlarda 20-asrning boshlari ga qadar turkiy xalklarning qad. maskanlari Ch. va Mochin Ulugchin deb tilga olinadi.

Abduxoliq Aytboyev.