ⓘ Chinni - suv, gaz va elektr otkazmaydigan, otga chidamli, jarangdor, asosan, oq rangli mahsulot; keramikaning nafis turi. Maxsus tuproq, kaolin, kvars, dala shp ..

                                     

ⓘ Chinni

Chinni - suv, gaz va elektr otkazmaydigan, otga chidamli, jarangdor, asosan, oq rangli mahsulot; keramikaning nafis turi. Maxsus tuproq, kaolin, kvars, dala shpati va boshqa xom ashyolar aralashmasidan tayyorlanadi. Ch.dan rozgor buyumlari, bezak buyumlari, memorlik detallari, sanitariyagigiyena buyumlari ishlanadi, kislotalar tasiriga chidamli bolganidan kimyo sanoatida, elektr utkazmasligi tufayli radiotexnika va elektrotexnikada foydalaniladi.

Sifati jihatdan nafis Ch. turkcha farfur, forscha - fagfur; eng sifatli Ch. tayyorlangan qad. Xitoy viloyatining nomi, dagal Ch. fayans, italyancha - Faens; yirik keramika markazi bolgan shaharning nomi, texnik, xujalik, sirlangan va sirlanmagan Ch. farqlanadi. Nafis Ch.ning suvni singdirishi 0.5% gacha. Dagal Ch. nafis Ch.ga nisbatan sergovakligi, suvni koproq singdirishi 9 - 12% gacha bilan farq qiladi, shuning uchun ham u sirlanadi. Nafis Ch. ham, dagal Ch. ham bir xil xom ashyolardan tayyorlanadi, faqat tayyorlash texnologiyasi har xil boladi. Ch.ning qattiq va yumshoq turlari ham bor. Idishlar yasashda, texnika va sanoatda qattiq Ch. ishlatiladi, badiiy va bezak Ch. mahsulotlari yumshoq Ch. dan tayyorlanadi. Qattiq Ch. yumshoq Ch.ga nisbatan chidamliroq, xom ashyosi tarkibida tuproq koproq 45 - 60% boladi, shuning uchun ham yumshogiga nisbatan yuqori trada yumshogi 1300° gacha, qattigi 1450°gacha pishiriladi. Ch. mahsulotlari sirlanib, boyalib, gullar solinib yoki gul bosilib ishlab chikariladi.

Xitoyda 4 - 6-asrlarda chinnisozlik sanati yuksak darajaga kotarilgan, Ch.ning tarkibi va tayyorlash texnologiyasi sir saklangan. 11 - 14-asrlarda Eron, 16-asrda yapon Ch.si shuhrat qozondi. 16-asrda Yevropada ilk Ch. buyumlari paydo boldi, dastlabki Ch. zdi 1710 yilda Maysenda, 1717 - 18 yillarda Venada, 1744 yilda Peterburgda qurildi. Daniya Kopengagen, Shvetsiya Mariyeburg, Gollandiya Been, Gaaga, Belgiya Turne, Shveysariya Syurix, Chexiya Slavkov, Klashterets badiiy Ch.si shuxrat qozondi. 18-asr va 19-asrda Ch.dan bezak mahsulotlar va badiiy buyumlar yasalgan. 20-asr boshlaridagina Ch. sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlagan.

Orta Osiyoga Ch. qadimdan Xitoy va Erondan, keyinchalik Rossiyadan keltirilgan. Mahalliy kulollar ayniksa, Rishton kulollari sopolning Ch.ga yakin xillarini ishlashgan. Ozbekistonda Ch. sanoati 20-asr 50- yillarida yuzaga keldi, birinketin Toshkent, Samarqand, Quva, Angren shaharlarida Ch. zdlari qurildi qarang Chinni-fayans sanoati.