ⓘ CHINOBOD SANATORIYSI - ovqat hazm qilish azolari kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan tibbiy soglomlashtirish maskani. Toshkentning Yunusobod tumanida joyla ..

                                     

ⓘ Chinobod sanatoriysi

"CHINOBOD" SANATORIYSI - ovqat hazm qilish azolari kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan tibbiy soglomlashtirish maskani. Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan. Sanatoriy hududi 1938 yilda paxta tozalash zdlari ishchilarining dam olish zonasi bolgan, 1941 yil evakuatsiya qilingan gospital joylashtirilgan, 1946 yil sanatoriyga aylantirilgan. "CH." s.ning hozirgi maydoni 19 ga, atrofi mevali va manzarali daraxtlar bilan kokalamzorlashtirilgan. 1963 yil sanatoriy hududida 1554 m chuqurliqsan burgi qudugi orqali Toshkent mineral suvi chiqarilgan. Sanatoriy 370 orinli, unda davolash va diagnostika bolimlari, jumladan, shifobaxsh mineral suv, balchiq, ozokerit va elektr bilan davolash bolimlari, badan tarbiya zali, aerosolyariy, ingalyatoriy, rentgen, rektoromonoskopiya, stomatologiya xonalari, biokimyo, bakteriologiya va klinik lablari bor. Mineral suvdan asosan vannalar uchun, ichish, ichaklarni chayish, tyubaj, dush, suv osti massaji qilishda foydalaniladi. "CH."s. meda va 12 barmoq ichakni tekshiradigan zamonaviy tibbiy tekshiruv asboblari bilan jihozlangan. 1997 - 98 yildan sanatoriyning davolash ixtisosligi kengaytirildi: qandli diabet, ginekologiya, urologiya, andrologiya bolimlari faoliyat korsata boshladi. 1999 yildan fol akupunktura diagnostikasi joriy etiddi, bunda biologik faol nuqtalar va kompyuter yordamida aniq tashxis qoyiladi.

Bemorlarga tabiiy mineral suvdan tashqari, doridarmonlar, shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan damlamalar, parhez ovqatlar va boshqa beriladi. Yiliga 6000 kishi davolanadi 2004.

Sanatoriyda 370 oringa moljallangan yotoq korpuslari bir va ikki orinli, 2 ta oilaviy kottej, klub, kutubxona, sport maydonchalari bor. "CH."s.da bekamu kust davolanish, marokli dam olish uchun barcha qulayliklar va orombaxsh mikroiqlim mavjud.

2001 yildan "CH."s. ochiq aksiyadorlik jamiyati OAJga aylantirildi.