ⓘ Chinoz tumani - Toshkent viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dek. da Yangiyol tumaniga qoshilgan. 1973 yil 12 aprel da qayta tu ..

                                     

ⓘ Chinoz tumani

Chinoz tumani - Toshkent viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dek. da Yangiyol tumaniga qoshilgan. 1973 yil 12 aprel da qayta tuzilgan. Shim. va shim.sharqsan Yangiyol, sharq va jan.sharqdan Quyi Chirchiq tumanlari, jan. va garbdan Sirdaryo, shim.garbdan Qozogiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0.34 ming km². Aholisi 116 ming kishi. Tumanda 1 shahar, 2 shaharcha, 8 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Chinoz shahri

                                     

1. Tabiati

Relyefi, asosan, tekislikdan iborat. Qir va adirlar, Krzogiston chegarasiga yaqin joyda esa chol boshlanadi. Foydali kazilmalardan Sirdaryo bilan Chirchiq daryosining qoshilish joyida qurilishda ishlatiladigan qumshagal olinadi. Iqdimi kontinental. Yillik ortacha temperatura 13.4°, yanvarning ortacha temperaturasi - 3.1°, eng past tra - 33°, iyulning ortacha temperaturasi 26.5°, eng yuqori tra 42°. Vegetatsiya davri 210 kun. Yiliga 350 mm yogin tushadi. Tuman hududidan Chirchiq, Sirdaryo daryolari otadi. Shuningdek, qishloq xojaligi ekinlarini sugorishda tuman hududidan otgan Bozsuv, Kurkuldak, Shim. Toshkent, Jon kanallaridan foydalaniladi. Achchiqkol, Chumchuqkol, Keles yaylovlarida Oydinkol koli bor. Tuproqlari, asosan, boz, Chirchiq daryosi yoqasida qoramtir, boz tuproq. Yovvoyi osimliklardan semizot, shora, ituzum, bangidevona, achambiti, qoytikan, yantoq, chuchmoma va boshqa bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bori, chiyabori, qobon uchraydi.

                                     

2. Aholisi

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km² ga 341.2 kishi. Qishloq aholisi 81 ming kishi, shahar aholisi 35 ming kishi 2004.

                                     

3. Xojaligi

Tuman iqtisodiyoti, asosan, qishloq xojaligi ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan. Chinoz tumani da 8 ta sanoat korxonasi bolib, ularda qurilish materiallari, paxta tozalash, uruglik tayyorlash, noruda materiallar ishlab chiqarish bilan shugullaniladi qumshagal qazib olinadi.

Avtomobil tamirlash zdi, qurilish materiallari va konstruksiyalari, noruda qurilish materiallari ktlari, MTP, qumshagal karyeri bor. 2 qoshma korxona shu jumladan, kalava ipgazlama ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Ozbekiston - Turkiya - Yaponiya "Toqimachi - LTD" korxonasi ishlab turibdi. Savdo, madaniy va maishiy xizmat korsatish shoxobchalari, dehqon bozori faoliyat korsatadi. Qishloq xojaligining asosiy tarmoklari - paxtachilik va gallachilik. Shu bilan birga chorvachilik, pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogdorchilik ham rivojlangan. Tumanda 13 shirkat, 541 dehqon fermer xojaligi bor. Chinoz tumanidagi shaxsiy va jamoa xujaliklarida 26.8 ming qoramol shu jumladan, 11.6 ming sigir, 17.6 ming qoy va echki boqiladi, parrandachilik bilan ham shugullaniladi.

Tumanda 48 umumiy talim maktabi 26.1 ming oquvchi, 5 orta maxsus bilim yurti 1.2 ming oquvchi, markaziy kutubxona va uning 29 ta tarmogi, bolalar musiqa maktabi, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogi mavjud. 2 kasalxona 400 orin, poliklinika, qishloq vrachlik punktlari, dorixona va boshqa tibbiy muassasalarda 163 vrach ishlaydi. Ch.dan Toshkentga avtobuslar qatnaydi. 1935 yil dan "Chinoz hayoti" tuman gaz. chiqadi adadi 11050.