ⓘ Chiroqjora volfram koni - Zirabuloq toglarining garbiy qismidagi kichik kon. Chiroqjora intruziv massivining shim.garbiy qismida joylashgan. 1955 yilda ochilgan ..

                                     

ⓘ Chiroqjora volfram koni

Chiroqjora volfram koni - Zirabuloq toglarining garbiy qismidagi kichik kon. Chiroqjora intruziv massivining shim.garbiy qismida joylashgan. 1955 yilda ochilgan. Kon geol. sini N.D. Ushakov, H.N. Boymuhamedov organgan. Konda silur davriga mansub ohaktosh yotqiziqlari mavjud. Volfram rudasi Chiroqjora intruziv massivi ichida yotgan ohaktosh harsanglari bilan granodioritlar tutashgan joyda hosil bolgan skarnlar bilan bogliq. Linzalar shaklidagi rudali skarnlar tarkibida volframning sheyelit minerali bor. Rudali skarn jismining uz. 150 m, qalinligi esa 0.4 m. Rudali skarnlar, asosan, piroksen, granat, kvars, sheyelit, stilpnomelan, antimonit, vezuvian, nontronit, pirrotin, xalkopiritlardan tarkib topgan. Volfram rudasi juda mayda donachalar holida skarndagi piroksenlar orasida joylashgan.