ⓘ Chirchiq elektrkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati - Ozbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi. Ammiak selitrasi, karbamid, ammiak, suyuq ammiak, ammoniy sulfa ..

                                     

ⓘ Chirchiq Elektrkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati

Chirchiq elektrkimyosanoat aksiyadorlik jamiyati - Ozbekistondagi yirik kimyo sanoati korxonasi. Ammiak selitrasi, karbamid, ammiak, suyuq ammiak, ammoniy sulfat va boshqa ogitlar; kaprolaktam, nitrat kislota, ammiak va metall sintezi katalizatorlari, quruq muz va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chikaradi. "Ozkimyosanoat" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Korxona Ozbekistonda qishloq xojaligini, shu jumladan, paxtachilikni rivojlantirish bosh rejasiga muvofiq, Chirchiq daryosi boyida 1934 yildan "Chirchiqazot" nomi bilan kurila boshlagan. 1941 yil noyabrida dastlabki maxsulot - ammiak selitrasi ishlab chikarilgan. 1944 yilda kumirni gazga aylantirish negizida ammiak ishlab chiqaruvchi 2navbati, 1949 yilda katalizator fabrikasi, 1964 yilda karbamid sexi ishga tushirildi. 1961 yildan tabiiy gazdan ammiak ishlab chiqarish ozlashtirildi. 1975 yildan Chirchiq "Elektrkimyosanoat" ishlab chiqarish birlashmasi deb nomlandi.

1994 yildan ustav kapitali 29 mlrd. 996 mln. sum 66.5 mln. AQSH dollari bolgan ochiq aksiyadorlik jamiyati davlat ulushi 51%, xorijiy investorlar ulushi 49% va hozirgi nomda.

2000 yilda bir sutkada ishlab chiqarish unumdorligi 1000 t gacha yetadigan yangi ammiak agregatini qurish boshlangan va 2003 yildan toliq quvvat bilan ishlamoqda. Mahsulotlari ichki bozorda sotiladi va chet ellarga eksport qilinadi.