ⓘ CHIGATOY GURUNGI - Turkiston jadidlari tomonidan tashkil etilgan madaniymarifiy va ilmiyadabiy tashkilot. Fitrat boshchiligida Toshkentda tuzilgan. Turkiston mu ..

                                     

ⓘ Chigatoy gurungi

"CHIGATOY GURUNGI" - Turkiston jadidlari tomonidan tashkil etilgan madaniymarifiy va ilmiyadabiy tashkilot. Fitrat boshchiligida Toshkentda tuzilgan. Turkiston muxtoriyati hukumatining agdarilishi va Kolesov voqeasi dan keyin asosan Toshkentda faoliyat korsatayotgan jadidlar taktik maqsadlarni kozlab, sovet hokimiyati bilan yaqinlashishga majbur boldilar. Fitrat sovet hokimiyatidan siyosiy tashkilot tuzish uchun ruxsat ololmagach, madaniy qurilishga xizmat qiladigan millatparvar tashkilot tuzishga intilgan. Turkiston ASSR milliy ishlar xalq komissarligi tomonidan "siyosatga aralashmaslik sharti bilan" "CH.g." tuzilishiga rasmiy ruxsat berilgan. Ushbu tashkilot nomlanishi 13 - 14-asrlarda mavjud bolgan Chigatoy ulusi va 14 - 16-asrlarda eski ozbek tili manosida qollangan chigatoy tili kabi atamalar va istilohlar bilan bogliqdir. Fitrat tashkilotga nom tanlashda Turkiston hududida yashagan turkiy xalqlarga daxldor merosni organishga etibor qaratgan.

"CH.g." turkiy xalqlar madaniyati, sanati, adabiyoti, tarixi, til va imlosi kabi sohalarni jiddiy organishga kirishgan. "Gurung" azolari ozbek tilining sofligi uchun kurashish bilan bir qatorda yangi ozbek milliy madaniyatini barpo etishga intilganlar. Osha davrda mavjud bolgan "Temur", "Turon", "Turon todasi", "Turk kuchi", "Izchi" kabi todalar va uyushmalarga nisbatan "CH.g." samarali faoliyat korsatgan. "CH.g." nizomida yozilishicha, u bir nechta shubalardan iborat bolgan. Bu shubalar "Til va imlo todasi", "Adabiyot todasi", "Sanat va teatr todasi" va boshqa deb nomlangan. "Til va imlo todasi"ga dastlab Cholpon, songra Elbek rahbarlik qilgan. Fitratning "Tilimiz" 1919 maqolasida ushbu todaning dasturiy yonalishi belgilab berilgan bolib, Ashurali Zohiriy, Elbek, Shorasul Zunnun, Shokirjon Rahimiy, Qayum Ramazon, Gozi Olim Yunusov kabi olimlarning tilshunoslikka oid ishlari ushbu dasturga binoan bajarilgan. "Gurungchilar" tomonidan 1919 yilda arab alifbosini isloh qilgan hodda yangi alifbo yaratilgan. Til va imlo qurultoyi 1921 yil yanvar bevosita "CH.g." tashkilotchiligida otgan.

"CH.g." tarix sohasidagi ishni manbashunoslikdan boshlagan. Turkiston olka Musulmonlar byurosi 1919 yilda Fitrat, Nazir Toraqulov va Laziz Azizzodadan iborat hayat tuzib, tarixiy merosni organish zarurligiga etiborni qaratgan edi. Ularning Buxoro, Samarqand va Fargona vodiysiga qilgan ilmiy safarlari natijasida koplab tarixiy asarlarning qolyozmalari topildi va Toshkentga olib kelindi.

"CH.g." adabiyot va sanat sohasida muhim ishlarni amalga oshirgan. Fitrat, Cholpon, Botu, Elbek qalamiga mansub "Ozbek yosh shoirlari" 1922 toplami, Fitratning "Temur saganasi", "Oguzxon", "Abo Muslim" va "Qon" singari dramatik asarlari bunga misoldir.

"CH.g." azolari oz goyalarini "Yangi Sharq", "Uchqun" gaz. va "Tong" jur. orqali ifodalashgan. Tashkilotning "Chigatoy gurungi" nomli maxsus jur.ining 1soni chop qilingach, jur. takiqlangan. 1921 yil boshlarida "CH.g." tashkiloti faoliyati Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligi tomonidan toxtatilgan. Naim Karimov, Qahramon Rajabov.