ⓘ Chodak oltin koni - Namangan viloyati Pop tumanidagi kon. Ruda maydoni, asosan, Pirmirob va Guzoqsoyda, shuningdek, bir qancha mayda oltinkumushli namoyonlarni ..

                                     

ⓘ Chodak oltin koni

Chodak oltin koni - Namangan viloyati Pop tumanidagi kon. Ruda maydoni, asosan, Pirmirob va Guzoqsoyda, shuningdek, bir qancha mayda oltinkumushli namoyonlarni qamrab olgan. Qurama tog tizmalarining jan. yon bagrida, Qoqon shahridan 65 km, Namangandan 73 km masofada Chodak daryosi vodiysining orta qismida joylashgan. Kon 1953 yilda ochilgan. Oltin rudalari kvarsoltinli sanoat turiga mansub, kumush keng tarqalgan. Maydon Yer postining yirik UgomQumbel va Shim. Fargona siniklari tutashgan, yuqori paleozoy vulkanizmi jarayonlari keng rivojlangan hududda joylashgan. Maydon tuzilishini bir necha omillar - turli yonalishlarda rivojlangan yirik siniqlar va ularning shoxobchalari murakkablashtirgan Oriklik qubba kotarilmasi, Chodak siniqoldi chokmasi hamda ushbu strukturalarga Quyundi porfirli granitoid intruziyasining joylashuvi belgilaydi. Ruda tanalarining joylashuvi, asosan, fanitoidlar tasirida skarnlashgan, berezitlashgan jinslar, argillizitlar, kvarsadulyar metasomatitlar orasida turli siniqlar bilan belgilangan bolib, ular plitasimon, murakkab tomir va tomirsimon, linza va ustunsimon shakllarda uchraydi. Ruda tanalarining uz. 1000 m gacha, qalinligi 10 m gacha, bir necha yuz m chuqurlikkacha tarqalgan. Oltinning miqdori 30 - 40 g/t, kumushniki 2200 g/t gacha yetadi. Asosiy rudali minerallari: pirit, arsenopirit, xalkopirit, kleofan, galenit, tennantit. Sfalerit, magnetit, gematit, pirargillit, freybergit, polibazit, galenit, allargentum va boshqa ham uchraydi. Ai ningasosiy qismi - elektrum shaklida, bir necha generatsiyasi mavjud; kyustelit ham uchraydi. Rudani yer osti usulida kazib olish qulay. Oltin ajratib olishning eng oson usuli - togridantogri sianlashtirishdir.