ⓘ Chodir xayol - ozbek ananaviy qogirchoq teatri turi. Odatda, qogirchoqlarning boshi, iyagi, kindagi, tirsagi, bilagi, tizzasi, topigi iplar bilan boglanib, bir ..

                                     

ⓘ Chodir xayol

Chodir xayol - ozbek ananaviy qogirchoq teatri turi. Odatda, qogirchoqlarning boshi, iyagi, kindagi, tirsagi, bilagi, tizzasi, topigi iplar bilan boglanib, bir uchi dastchopga ulanadi. Parda ortida turgan qogirchoqboz dastchopdan ushlab qogirchoqni saxnaga olib chiqadi va iplarni tortish orqali ularni harakatga keltiradi. Sayilgoh, kocha yoki hovlida orti tabiiy tosinli joy tanlanib, uz. 5– 6 m, boyi 2 - 2.5 m keladigan rangdor yoki yolyol chitdan parda tutiladi. Uning ortasi kesilgan boladi. Chodir deb atalgan bu joyning ortida uz. 3 - 3.5 m., boyi 20 - 25 sm keladigan ichki qora chodir bolib, uning ham pastki tomoni 180 sm uzunlikda va 70 - 75 sm balandlikda kesiladi va oyin joyi hosil qilinadi. Ichki chodir ostona, ustun, bolor, tirgovuchlardan iborat moslama bilan tiklanib turadi. Yarim metrgacha ichkarida qora orqa parda boladi. Tomoshalar, odatda, kechqurun korsatilib, 50tacha qogirchoqoynatilgan. Chodir xayol Ozbekiston hududida taxminan 6-asrda maydonga kelgan. 14-asrning 2-yarmidan 16-asrning boshigacha keng taraqqiy etgan. Dastlab xalq afsonalari, mifologik syujetlar yoritilgan bolsa, 18 - 19-asrlarda unda satirik boyoklar bilan saroy hayoti, bozor manzaralari aks etgan. 2 yirik komediya oynalgan. Etnograf M.F.Gavrilov tufayli Chodir xayol teatrining "Sarkardalar" komediyasi, P.A.Komarov tashabbusi bilan uning 47 ta qogirchogi yetib kelgan. Chodir xayolning eng songgi "Saltanat" nomli spektakli 1937 yil ozbek sanati dekadasi munosabati bilan Toshkent va Moskvada korsatilgan.

Ad.Qodirov M., Xalq qogirchoqteatri, T., 1972.

Muhsin Krdirov.