ⓘ Choy, buta. Choy - 1 choydoshlar oilasiga mansub kop yillik doim yashil butalar yoki daraxtlar turkumi. Vatani - Jan. Osiyo. Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Shri ..

                                     

ⓘ Choy (buta)

Choy - 1) choydoshlar oilasiga mansub kop yillik doim yashil butalar yoki daraxtlar turkumi. Vatani - Jan. Osiyo. Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Shri Lanka, Keniya, Argentina asosiy choy yetishtiruvchi mamlakatlar qatorida turadi. Jahon boyicha ekin maydoni 2291 ming ga, qosildorligi 1254 kg/ga, yalpi hosili 2872 ming t. 2 turi bor. Xitoy 4.n butasimon, boyi 1 – 3 m, sershox, bargining uz. 10 sm gacha, shakli ponasimon chuzinchoq. As s om Ch.i daraxt, boyi tik, shoxlangan, bargining uz. 7 sm gacha. Bu turga Xitoy va assom Ch.ining tabiiy duragayi bolgan Seylon Ch.i ham kiradi. Ildizi oqildiz, 1–3 m gacha tuproqqa kirib boradi. Guli qizil, oq, chetdan changlanadi, mevasi 3 - 4 uyali chanoq, 1000 dona urugi vazni 1 kg ga yaqin. Ch. issiqsevar va namsevar osimlik, - 12° ga qadar qisqa sovuqlarga chidaydi. Tropiklarda yil boyi osadi. 100 yil va undan ortiq yashaydi. 10 - 70 yoshida yaxshi hosil beradi. Qizil tusli va sariq tusli tuproklarda yaxshi osadi. Urugi 60 - 70% namlikda va 20 - 25° da unib chiqadi, 4 - 5 yoshidan boshlab har yili gullaydi. Havo harorati 20° va namligi 70% bolgan sharoitlarda yaxshi rivojlanadi. Yosh barglarining tarkibida 72 - 80% suv va 20 - quruq modda, oqsil, tanin, kofein, qand, organik va aminokislotalar va mineral moddalar, V, RR, V2, S vitaminlari, fermentlar, efir moyi bor. Ch.ning kimyoviy tarkibi uning yoshiga, turxiliga, bargni terish muddatiga, novdalarining osish tezligiga bogliq. Yosh barglarda ekstraktiv moddalar kup.

CH. urugi va qalamchalaridan kopaytiriladi. Bahorda va kuzda qator oralari kultivatsiya qilinadi, tropik mintaqalarda har 2 - 3 haftada yumshatiladi, ogitlanadi. Ch. osimligi 2 - 3 yoshlik bolganda tuplarga shakl beriladi, yon shoxlar kesiladi. 6 yoshga yetgan osimliklardan eng yosh novda uchidagi 2 - 3 ta barglar - hosil qodda may oyidan okt. oyigacha terib olinadi. Yigilgan barg 2 - 3 soat ichida choy fkalariga topshiriladi yoki salqin joylarda saklanadi.

CH. barglaridan choy sanoati korxonalarida qadoqyaangan, barglari oralgan qora Ch., kok Ch., kok va qora taxta presslangan Ch. mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bazi mamlakatlarda sariq va qizil Ch. ham tayyorlanadi. Ch. bargining chiqindilaridan kofein, turli vitamin preparatlari va boshqa dorivor moddalar olinadi. Ch.ning urugidan olinadigan moy kosmetikada, konserva sanoatida va boshqalarda ishlatiladi. Xitoy va Myanmada yangi Ch. bargi istemol salat va oshkok qilinadi.

Qora oliy nav Ch. tayyorlash uchun choy bargi 40 - 50° suv buglanib, mahsulot elastik bolishi uchunda soldiriladi, keyin barglar oraladi va fermentatsiya qilinadi. Fermentlar tasirida taninning achchiq fraksiyalari oksidlanadi, natijada yoqimli taxirroq tamli tanin, xushboy efir moylari hosil boladi. Kok Ch. tayyorlash usuli xuddi kora Ch.nikidek, faqat barglar soldirilishidan oldin barglarning kok rangini saqlab qolish va fermentlarning parchalanishi uchun otkir bug bilan 100° ishlanadi.Qora tosh Ch. oliynavliCh.tayyorlashdan chiqqan chiqitlardan 125 - 250 g presslanib tayyorlanadi. Kok tosh Ch. kuzgi asosiy yigim kampaniyasi tamom bolgandan keyin qolgan dagal barglardan yoki koklamgi daraxtlarni butash paytida yigilgan barglardan tayyorlanadi.

CH.ning asosiy mahsuloti - bargi va undan olinadigan quruq Ch.dir. Miloddan avvalgi 4-asrda Xitoyda Ch. bargi uchun ekila boshlagan. Ch. ichimligi togrisidagi dastlabki malumotlar miloddan avvalgi 2700- yillarga oid qolyozma manbalarida uchraydi. 9-asrdan Yaponiya va Koreyada, 19-asrdan Indoneziya, Hindiston, Shri Lankada ekila boshladi. 1885 yildan Gruziyada, 1901 yildan Rossiyaning Krasnodar olkasida, 1913 yildan Ozarbayjonda Ch. plantatsiyalari tashkil topdi.

Rossiyada Ch. ichimligi 1638 yildan kiborlar doiralarida istemol qilina boshlagan. 18-asrga kelib bu ichimlik ancha ommaviylashgan va rus samovarlarining paydo bolishi shu davrga togri keladi.

Ozbekistonda Ch. ichish qachondan boshlab urf bolgani haqida aniq malumotlar yoq. Ayrim manbalarga kora, Turkiston shaharlarida hind savdogarlari Ch. savdosi bilan shugullanganlar. Shaharlar va yirik qishloqlar guzarlarida faqat Ch. ichimligi va tamaddi non, qandqurs bilan savdo qiladigan choyxonalar bolgan. 20-asr boshlarida xind savdogarlari Samarqandda Ch. qadoklash korxonasini tashkil etganlar. 1913 yilda Orta Osiyoga chetdan 720 ming pud Ch. keltirilgan 75%i kok Ch., uning 240 ming pudi Turkiston ulkasida, 150 ming pudi Buxoro xonligida, 40 ming pudi Xiva xonligida sotilgan.

1923 yilda Orta Osiyoda yagona va chetdan keltiriladigan xom ashyoda ishlaydigan Samarkand choy qadoqlash fabrikasi ishga tushirildi.

90- yillar boshidan Samarkand, Namangan, Toshkent shaharlarida Buyuk Britaniya, Hindiston, Argentina, Shri Lanka, Xitoy firmalari bilan xamkorlikda Ch. importi, qadoqlash va sotish bilan shugullanadigan qoshma korxonalar tashkil topdi yoki chet el firmalarining vakolatxonalari ochildi. Ozbekistonda 2002 yilda 4847 t qadoqdangan Ch. ishlab chiqarildi;Xolima Otaboyeva.

2) maxsus ishlov berilgan Ch. barglaridan tayyorlanadigan ichimlik. Choy damlashning oziga xos qoidalari bor. Chinni yoki fayans choynak yaxshilab yuviladi, sungra isitish uchun qaynagan suv bilan 2 - 3 marta chayiladi, keyin quruq choy solib, qaynab turgan suv quyiladi choynakning 1/2 hajmida, choynakni qalin qilib sochiq yoki maxsus yopqich bilan urab 5 - 7 min. damga qoyiladi, songra choynakka tolguncha qaynab turgan suv quyiladi. Ch. shamasi choynak tubiga chukkandagina choy tayyor hisoblanadi. Ch.ni turli shirinliklar, sut, qaymoq bilan ichish mumkin.

CH.ning organizmni tetiklashtiruvchi xususiyati uning tarkibidagi kofein 4% miqdoriga bogliq. Ch. kofeyni qahva kofeiniga nisbatan organizmga yengil tasir qiladi va organizmda yigilmaydi.

Ozbekistonda asosan kok choy Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kora choy ishlatiladi, organizmni tetiklantiruvchi xususiyati va tarkibidagi R vitaminining kopligi jihatidan qora choydan ustun turadi. Ch.ni ovqat oddidan, ovqatdan keyin, hazmni yengillashtiruvchi, chanqoqbosar ichimlik sifatida, asosan issiq yoki yaxna holida ichiladi.

Ozbek xalqi urfodatlariga kora, mehmon oddiga non bilan birga, albatta Ch. ham keltiriladi.