ⓘ Choymomo - ozbek folklorida shamol homiysi sifatida tasavvur qilingan mifologik obrazlardan biri. Surunkali esgan shamolni toxtatish uchun Ch.ga murojaat qilish ..

                                     

ⓘ Choymomo

Choymomo - ozbek folklorida shamol homiysi sifatida tasavvur qilingan mifologik obrazlardan biri. Surunkali esgan shamolni toxtatish uchun Ch.ga murojaat qilish bilan boglik turli xil ishonchetiqodlarni oz ichiga olgan marosim Chimkent viloyatida yashovchi ozbeklar tomonidan otkazib kelingan.

Qadimda odamlar kuchli yel, quyun yoki dovul sifatida namoyon boladigan hamda ekintikinlarni payhon qilib, daraxtlarning mevasini tokib, katta ziyon yetkazadigan shamolni yovuz kuch alomati deb bilishgan. Bevaqt esgan shamolni toxtatish va hosil nobudgarchiligining oldini olish maqsadida bu tabiiy hodisaga turli magik amallar bilan tasir kursatishga harakat kilishgan. Ana shu mifologik karashlar asosida shamol homiysi sifatida tasavvur qilingan Ch. obrazi hamda u bilan bogliq shamol tuxtatish marosimi yuzaga kelgan.

CH. marosimining qad. kurinishi ayollar tomonidan otkazilishi hamda ijro etiladigan "CH." qoshigining matnida epiklik va emotsionallik aks etib turishi bilan xarakterlansa, malum ozgarishlarga uchragan korinishi shamol tuxtatish amallarining faqat erkaklar tomonidan bajarilishi va "Chuychuy momo" qoshigi ijro etilishi bilan farkdanib turadi.

CH. marosimining utkazilish tartibi va unda aytiladigan qoshiqlarning bir necha xil tiplari mavjud. Mac, uning bir kurinishida keksa ayollar bilan 5 - 7 ta buy yetgan qizlar ishtirok etea, boshqa bir variantida chodrali kampir bilan 7 yetim qiz qatnashgan. Marosimning uchinchi lokal variantida esa barcha udumlar 3 nafar kampir tomonidan bajarilgan: ulardan biri oqlogini minib olsa, ikkinchisi supurgi ushlab olgan, uchinchi kampir xonadonlardan yigiladigan masalliklarni un, bugdoy va shahrik.ni torvaga solib kotarib yurgan. Uch kampir ana shu holatda qishloqsagi har bir uy oldiga borib, "CH." qoshigini aytishgan:Choymomo, choy, choy, choy, Chayilib qolsin quv shamol, Bosabosa beringlar, Bosilib qolsin quv shamol! Ugauga beringlar, Ugilib qolsin bu shamol. Choymomolar olibdi, Ogli yetim qolibdi, Choymomoning onasi Amakimga boribdi, Choymomo, choy, choy, Chayilib qolsin quv shamol.

                                     

1. Adabiyot

  • Divayev A., Zaklinaniye i priziv vetra, v kn.: Etnograficheskoye obozreniye, vip. 12, 1910; Sarimsoqov B., Ozbek marosim folklori, T., 1986; Taydjanov K., Ismailov X., Osobennosti doislamskix verovaniy u uzbekovkaramurtov, v kn.: Drevniye obryadi, verovaniya i kulti narodov Sredney Azii, M., 1986.

Tora Mirzayev, Mamatsul Jorayev.