ⓘ Chok - 1 chevarlikda - tikish, qirqish, yamash, kashta gullarini tikishda hosil boladigan baxyalar tizmasi, buyumlarning tikib biriktirilgan joyi. Gazlama, char ..

                                     

ⓘ Chok

Chok - 1) chevarlikda - tikish, qirqish, yamash, kashta gullarini tikishda hosil boladigan baxyalar tizmasi, buyumlarning tikib biriktirilgan joyi. Gazlama, charm, teri va boshqalarni tikishda biror buyumni naqshli kashtalar bilan bezash, kiyim tikishda qismlarini biriktirishda qollaniladi. Ch. qolda va tikuv mashinasida tikiladi. Ch. tekis va pishiq chiqishida ipning sifati katta ahamiyatga ega. Agar ip yaxshi pishitilsa, Ch. tekis va zich chiqadi, ip xom pishitilgan bolsa, tarang tortilmay, Ch. gadirbudur boladi. Ch.da tabiiy va suniy tolalardan foydalaniladi. 19-asrgacha Ch., asosan, qolda tikilgan. 19-asrning 2yarmidan Yevropa mamlakatlarida Ch.ni tikuv mashinada tikishga otilgan. Ch.lar tikish texnikasi, rasmlar mujassamoti va gullari bilan birbiridan ajralib turadi. Badiiy kashtachilikda palak, sozana, gulkorpa, zardevor, joynamoz va boshqa badiiy buyumlar qadimda turli xil Ch. bilan qolda tikilgan. Hozir ham qolda, ham maxsus popop mashinalarda tikilmoqda. Tikuvchilikda kiyim qismlarining ip yoki yelim yordamida biriktirilgan joyi Ch. hisoblanadi.

Vazifasiga kora, Ch.lar biriktirish, zih va bezakpardozlash Ch.iga baxya, tepchima, yoyma, bosma, qayirma, quyma, qulf, uchmauch Ch.lar kiradi. Hoshiya Ch. astarsiz va sitiluvchan gazlamalardan tikiladigan kiyimlarning qismlari, qirqimlarini ishlash uchun qollaniladi.

Kashtadozlikla eng kop tarqalgan Ch.lar: kuppa, bosma, duroya kanda xayol, chinda xayol, xomdozi, yorma, popur, iroqi, ilmoq, chamak bahya va boshqa; 2) mashinasozlikda metall qismlarning tutashtirilgan joylari; 3) binokorlikda - terilgan gishtlar, bloklarning oraligi, panelli uylarda panellar tutashgan joylar. Bino va inshootlarning bir qismini ikkinchisidan ajratadigan ensiz oraliq konstruktiv Ch. deyiladi. Bunday Ch. tra, chokish va seysmik Ch.ga bolinadi. Tra Ch.i traning ozgarishidan, chokish Ch.i imoratning chokishidan vujudga keladigan qoshimcha zoriqishlarning oldini oladi, seysmik Ch. binolarni silkinishda buzilishdan asraydi. Amalda kopincha bu 3 ta chok vazifasini bitta chok bajaradi, yani 3 ta chok orniga bitta chok krldiriladi.