ⓘ Chopqun, chopgun - orta asrlarda aksariyat harbiy harakatlar chogida qoshinning oziq-ovqati, yemxashagi va boshqa ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, qamalda q ..

                                     

ⓘ Chopqun

Chopqun, chopgun - orta asrlarda aksariyat harbiy harakatlar chogida qoshinning oziq-ovqati, yemxashagi va boshqa ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, qamalda qolgan shahar, qishloq, qala, qorgon va hisor mudofaachilari tinkasini quritish maqsadida tevarakatrofdagi joylarga qilingan talonchilik amaliyoti. Ch.da bir necha yuzdan bir necha minggacha otliq jangchilar - chopqunchilar ishtirok etgan. Ch. vaqtida qolga kiritilgan barcha narsalar, jumladan, bandilar qarorgohga olja qilib olib kelingan. Bobur Afgoniston va Hindiston yurishlari vaqtida Ch.dan unumli foydalangan. Tarixiy manbalarning qayd etishicha, 1502 yil Shayboniyxon Hisor va Chagoniyon ustiga lashkar tortib borganida, Hisor tevarakatrofini Ch. qilgan. Uning chopqunchi lari 100 ming qoy, 50 ming ot, 50 ming asir va boshqa narsalarni olja sifatida xon qarorgohiga olib kelganlar. 1505 yil Shayboniyxon Xorazm voliysi Chinsofiga qarshi otlanganda 5 ming askardan iborat chopqunchini Xiva atrofidagi qishloklarni talash uchun tayinlaydi. Ch. natijasida 100 mingdan ortiq qoramol, qoy, ot va boshqa qolga kiritilgan.