ⓘ Chorbog - sharq mamlakatlarida atrofi devor bilan orab olingan koshk, ayvon, qorgonli tartib asosida tuzilgan bog. Ch. uchun tekis, suvli, daraxtli joy tanlanad ..

                                     

ⓘ Chorbog

Chorbog - sharq mamlakatlarida atrofi devor bilan orab olingan koshk, ayvon, qorgonli tartib asosida tuzilgan bog. Ch. uchun tekis, suvli, daraxtli joy tanlanadi; notekis joylar pogonapogona sahnlarga keltiriladi, suniy sharsharalar qilish imkoniyatlari yaratiladi. Ch. murabba yoki tortburchak tarhli bolib, kirish har 4 tarafning ortalaridan tashkil etiladi; hududi yolka va ariklar yordamida ayrim bogchalarga, bogchalar esa yana oz navbatida chamanzorlarga bolinib, chorchamanlarni tashkil qiladi. Ch. mujassamotining markazini bino egallaydi. Baland boyli daraxtlar devorga yaqin ekiladi, undan song mevali daraxtlar va gullar tartib bilan ekiladi, ularning erta bahordan kech kuzgacha ochilib turishiga etibor beriladi. Bino mujassamoti Ch.ni turli nuqtalardan korish imkonini beradigan tarzda, 1 - 2 qavatli, markaziy mujassamotli qilib quriladi: ortada atrofini ayvonlar orab olgan chordara xona bolib, 2 qavatga bino burjlaridagi zinalar orqali chiqiladi. Suv inshootlaridan katta ariklar va hovuzga suv keladi, hovuz shakllari hamda favvoraga aloxida etibor beriladi. Ch.da, shuningdek, otov, chodir kabilarni ornatish uchun joylar ajratiladi. Ch.dagi qushlar unga ozgacha kork bagishlaydi.

CH. qadimdan yaratilib kelingan, temuriylar va boburiylar davrida ravnaq topgan qarang Amir Temur boglari, moxir bogeoz ustalar yetishib chiqqan. Jumladan, 16-asrda yashagan hirotlik Mirak Sayid Giyos bog rejasini tuzish, yer osti inshootlarini loyihalashga moxir bolgan, uning Buxoroda ham Ubaydullaxon uchun bog barpo qilgani manbalardan malum. 13-asr oxiriga oid risolada, 16-asrda qayta kochirshtgan "Irshod uzziroat fi ilmilhirosat" risolasida Ch. yaratish hakida qimmatli malumotlar bayon qilingan, hatto risolaning bir bobi "Kochat, gul, daraxt, muattar otlar otkazish, Ch.ga tartib berish va uni barpo qilishda izchillikka rioya qilish" deb ataladi. Risolada Ch.ning eng maqbul turi keltiriladi hamda turli tavsiyalar bilan birga mujassamotda simmetriya, ritm, rang kabi masalalarga aloxida ahamiyat berilib, mevali daraxtlarga keng orin ajratiladi.

CH. 19-asrning 2yarmi 20-asrning boshlarida ham bunyod etilgan.

Xayrulla Polatov.