ⓘ Chorvachilik - qishloq xojaligining asosiy tarmoklaridan biri. Ch. mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugullanadi; ahol ..

                                     

ⓘ Chorvachilik

Chorvachilik - qishloq xojaligining asosiy tarmoklaridan biri. Ch. mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugullanadi; aholini ish hayvonlari, oziqovqat mahsulotlari, yengil sanoatni xom ashyo, dehqonchilikhsh organik ogit bilan taminlaydi. Ch. mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar, shuningdek, har xil doridarmonlar olinadi. Ch.ning taraqqiy etishi va mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas bogliq. Ch.ning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, chochqachilik, quyonchilik, darrandachilik, buguchilik, itchiliklan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga kora Ch. rivoji oziga xos xususiyatlarga ega. Jahon Ch.da qoramol 1338.2; qoy 1068.6; echki 709.8; buyvol - 158.6; ot - 61.095; xachir - 14.1; eshak - 43.4; tuya - 19.1; chochqa - 912.7; tovuq - 14139; kurka - 244 va boshqa boqiladi va ulardan turli mahsulotlar yetishtirish muhim orinda turadi. Gosht yetishtirish hajmi 225.9 mln. t ni, sigir suti yetishtirish 480.6 mln. t ni tashkil etdi.

CH. inson tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni xonakilashtirish maqsadida qolga orgatishdan boshlangan. Arxeologik dalillar hayvonlarni xonakilashtirish yangi tosh davrida - neolitda bundan 15 - 10 ming yil avval boshlanganini korsatadi. Bu davrda odam takomillashgan tosh qurollarga ega bolgan, olovni bilgan va sopol idishlardan foydalangan. Eng avval it, songra chochqa, qoy va keyinchalik qoramollar va otlar 7 - 8 ming yillar ilgari xonakilashtirilgan. Osiyoning jan.garbiy qismi va Orta dengiz atroflari hayvonlarni xonakilashtirishning asosiy markazlari hisoblanadi. Yevropada qoramollar, ot, qoy, echki, chochqa, quyon, it, parrandalardan ordak va gozlar, Osiyoda buyvol, qotos, orkachli va orkachsiz tuyalar, qoramol, echki, qoy, chochqa, ot, it, quyon, tovuq, ordak, goz va tovuslar xonakilashtirilgan. Afrikada qoramollar, bir orkachli tuya, eshak, chochqa, mushuk, it, sesarka tovuqlar, qoy va echkilar qolga orgatilgan. Amerikada orkachsiz tuyaning ikki turi - lama va alpaka, dengiz chochqasi, kurka va muskus ordaklar xonakilashtirilgan. Natijada inson tomonidan ularning sifat va son korsatkichlariga ahamiyat berilib, hayvonlardan nayel olish, sekinasta mahsulot yonalishlari boyicha zotlari chiqarilgan. Orta Osiyo hududi ham Ch. dastlab shakllangan hududlar qatoriga kiradi.

CH. kochmanchshik hayot tarzini vujudga keltirdi. Daryo boyi, chol va tog oldi, kol atroflarida ovchilik, balikchilik bilan shugullangan jamoalarning madaniyatlari rivojlanib borgan sayin Ch. ham rivojlanib bordi. Jumladan, Xorazm hududida Amudaryoning quyi havzasida topilgan Kaltaminor madaniyati miloddan avvalgi 4 - 3ming yillikda yashagan ovchilar va balikchilar jamoasi madaniyatlaridan biri hisoblanadi.

Miloddan avvalgi 2 - 1asrlarda Davan Fargonada dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak darajada rivojlangan. Aeecmojxa keltirilgan malumotlarga kora, sut va gosht beradigan qoramolchilik, qoychilik, yilqichilik, sut va gosht mahsulotlarini qayta ishlash ixtisoslashgan soha sifatida bundan 3000 yil oldin shakllangan. 20-asr boshlariga qadar Ozbekistonda kochmanchilik bilan uzviy bogliq bolgan qoychilik, echkichilik, tuyachilik, otchilik, shuningdek, vohalarda qoramolchilik koproq rivojlandi.

Ozbekiston hududida 1916 yil qoramollar soni 1342 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 481 ming boshni, qoy va echkilar 3821 ming boshni, otlar 517 ming boshni tashkil qilgan.

20-asrning 20- yillaridan boshlab Ch.ning ilmiy bazasini yaratish, hududlarning tabiiyiqtisodiy sharoiti va ozuqa bazasi resurslariga qarab mintaqalar boyicha rivojlantirish ishlari boshlandi. Sugorma dehqonchilik hududlaridagi xojaliklarda sut, sut va gosht yonalishidagi qoramolchilik, parrandachilik va chochqachilik, tog oldi mintaqalari, Amudaryoning quyi oqimi va Orol boyi qamishzor va toqayli hududlarida goshtdor qoramolchilik, goshtyog qoychiligi, yilqichilik, chol yaylovlarida qorakolchilik rivojlantirildi. Kammahsul mollarni chatishtirish va respublikaga koplab nasldor mollarni olib kelish natijasida qoramollarning qoraola, qizil chol, shvits, bushuyev zotlari soni kopayib mahsuldor podalar guruhi shakllantirildi. Zotlarning rnlashtirilgan hududlari belgilandi. Qorakolchilikni rivojlantirishga alohida etibor qaratildi. Ixtisoslashtirilgan yirik qorakolchilik xojaliklari katta iqtisodiy samara keltirdi. 1930 - 33 yillardan boshlab chorvachilikning naslchilik zdlari, xojaliklari, fermalari, styalari va korxonalarining tashkil etilishi naslchilik tizimining shakllanishida muhim burilish boldi.

1932 yil Ch. tajriba styasi va 1935 - 39 yillarda Butunittifoq qorakolchilik, Ozbekiston chorvachilik va Ozbekiston veterinariya i.t. intlarining tashkil etilishi Ch.da ilmiy tadqiqot ishlarini otkazish, Ch. fanini rivojlantirish hamda uning istiqbolini belgilash, xojaliklarda yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim omil boldi. Chorva mollarining sermahsul podalari guruhi kengaytirildi va rnlashtirilgan zotlari takomillashtirildi.

Ozbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xojaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xojaliklari jamoa, shirkat xojaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xojaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va Ch. yonalishidagi fermer xujaliklari tashkil etila boshladi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martda "Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish choratadbirlari togrisida"gi, 1994 yil 23 fevralda "Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon fermer xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari togrisida", 1995 yil 24 martdagi "Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qollabquvvatlash choratadbirlari togrisida" qarorlariga kora, jamoa xojaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi 1995. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan gosht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Ozbekiston Respublikasining 1995 yil 25 dek. da qabul qilingan "Naslchilik togrisida" qonuni Ch.ni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boldi.

1990 - 2003 yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi xojaliklarida qoramollar soni 28.2% ga, sigirlar 38, qoy va echkilar 7, otlar 36% ga, sut yetishtirish 32.8% ga, gosht yetishtirish 18.6% ga kopaydi, Ch. mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer xujaliklari hissasiga togri keladi Uzbekistonda mollar soni, Ch. mahsulotlarini yetishtirish korsatkichlari 1 va 2jadvallarda berilgan.

CH. ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari olib borilmoqda. Respublika ekin maydonlarining 10% ga yaqin kismiga yemxashak ekinlari ekiladi. Tabiiy va madaniy yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Aralash yem, oqsilmineral yem qoshimchalari, yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari kopaymoqda. Ch.da veterinariya xizmati korsatish - kasalliklarning oddini olish va davolash, Ch. maxsulotlari veterinariyasanitariya ekspertizasi hayvonlar kasalliklariga karshi kurash styalari, veterinariya shifoxonalari va punktlarida, veterinariya labda olib boriladi.

Respublikada chorvador mutaxassislar kollejlar, Toshkent agrar universiteti, Samarkand, Andijon qishloq xojaligi intlarida tayyorlanadi. Chorva hayvonlari zotini yaxshilash, mahsuldor podalar guruhini kopaytirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida Respublika Qishloq va suv xojaligi vazirligining Chorvachilik, parrandachilik va balikchilikni rivojlantirish Bosh boshqarmasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, Davlat veterinariya Bosh boshkarmasi va "Ozbek ipagi" uyushmasi tashkil etilgan, ularni asrash va parvarishlashsa yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan vazirlikning Qishloq xojaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibidagi Uzbekiston chorvachilik, Qorakolchilik va chol ekologiyasi intlari, Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi va Ipakchilik instituti, Uzbekiston veterinariya, Uzbekiston veterinariyasanitariya va akarologiya 1991 intlari shugullanadi. Toshkent viloyati Yangiyol tumanida davlat mintaqaviy baliq chavoqlari yetishtirish pitomnigida baliq zotlari yetishtiriladi.

"Naslxizmat" respublika naslchilik uyushmasi qishloq xojaligi subyektlariga chorvachilik boyicha xizmatlar korsatadi. Davlat naslchilik korxonasi qoramollarning turli zotlari boyicha suniy uruglantirishda foydalanish uchun muzlatilgan uruglarni qadoqlab, suniy uruglantirish bilan shutullanuvchi "Naslxizmat" tashkilotlariga yetkazib beradi.

Chet mamlakatlarda sut va gosht yonalishidagi qoramolchilik, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari, AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya, qoychilik Angliya, Avstraliya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida jadal rivojlandi. Sutchilik yonalishidagi qoramolchilikrivojlangandavlatlarda sigirlardan ortacha 8000–11000 kg sut sogib olinadi. Sut mahsulotlari bilan taminlanishning eng yuqori korsatkichlari aholi jon boshiga 1950 kg Yangi Zelandiya, Daniya va Gollandiyaga xos. Qoramol goshti bilan taminlanish esa Argentina 110 kg va Urugvayga 106 kg togri keladi. Jahon mshyosida Ch.ning barcha sohalari ixtisoslashgan holda jadal rivojlanmoqda. Sermahsul zotlar va samarali texnologiyalar yaratilib, Ch.ka keng joriy qilinmoqda.